24
keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda
mashina haydash yoki
taksi minishdan koʻra avtobusga chiqishni ma’qul koʻrasiz.
Oʻrin bosuvchi tovarlar narxi. Faraz qiling muzlatilgan
yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra
siz muzlatilgan yogurt
sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz.
Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli,
ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining
tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan
talabni kamaytiradi va bu
tovarlar
oʻrin bosuvchi tovarlar deyiladi. Oʻrin
bosuvchi tovarlar
asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-
dog va gamburger, sviter va koʻylak, kino chiptasi va video ijarasi.
Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra
siz undan koʻproq sotib olasiz. Shu sababli siz koʻproq muzqaymoq ham
sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol
qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan
talabni
oshiradi, bu mahsulotlar
toʻldiruvchi tovarlar deyiladi.
Toʻldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan,
benzin va
avtomobil, kompyuter va dastur.
Did. Sizning talabingizni aniqlab beradigan asosiy narsa bu sizning
ehtiyojingiz. Agar siz muzqaymoqni yoqtirsangiz uni koʻproq xarid
qilasiz. Iqtisodchilar odatda insonlarning ehtiyojini oʻrganishga
harakat
qilishmaydi, chunki ehtiyoj tarixan insonlarning oʻziga xos boʻlib
kelgan psixologik kuch hisoblanadi. Ammo iqtisodchilar ehtiyoj
oʻzgarganda nima boʻlishini tahlil qilishadi.
2.1-jadval
Oʻzgarish