• Muzqaymoq narxi Taklif Talab Muvozanat narx Muvozanat Muvozanat miqdor Talab va taklif muvozanati
  • Rasm Muzqaymoq miqdori
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va 
    muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq. 
    Lugʻat muvozanat soʻzini turli xil kuchlarning tenglik holati sifatida 
    ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, 
    xaridorlar sotib olishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdori, 
    sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdoriga 
    teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozorni tozalovchi narx deyiladi, 
    Muzqaymoq 
    narxi 
    Taklif 
    Talab 
    Muvozanat 
    narx 
    Muvozanat 
    Muvozanat 
    miqdor 
    Talab va taklif muvozanati

     
    Muvozanat nuqta talab va 
    taklif egri chiziqlari 
    kesishadigan nuqta 
    hisoblanadi. Muvozanat 
    narxda talab miqdori va taklif 
    miqdori tenglashadi. Bu yerda 
    muvozanat narx $2: bu narxda 
    7 dona muzqaymoq taklif 
    qilinadi va 7 dona 
    muzqaymoqqa talab mavjud.
    Rasm 
    Muzqaymoq 
    miqdori 


    33 
    chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan 
    miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa 
    istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar. 
    Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni tabiiy ravishda talab va 
    taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor 
    narxi muvozanatli narxga teng boʻlmagan holatda nima boʻlishini koʻrib 
    chiqishi lozim. 
    Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-
    shakl (a). Narx $2.50 boʻlganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 
    dona muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 dona 
    muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: 
    sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. 
    Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki 
    muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq 
    sotuvchilari muzlatkichlari ular sotishni xohlaydigan ammo sota 
    olmaydigan muzqaymoqlar bilan toʻladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga 
    mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi 
    mahsulotga boʻlgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini 
    kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom 
    etadi. 
    Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 
    rasm (b). Bu holatda bir dona muzqaymoq uchun narx $1.50 va 
    mahsulotga boʻlgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda 
    tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan 
    mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar. 
    Muzqaymoq bozorida taqchillik sodir boʻlganda, xaridorlar oz 
    miqdordagi muzqaymoqlardan birini xarid qilish uchun uzoq navbatda 
    turishlariga toʻgʻri keladi. Koʻp xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi, 
    taqchillikka sotuvchilar savdo hajmini yoʻqotmagan holda narxni 
    koʻtarish orqali javob qaytaradi. Narx oʻsishi tufayli talab miqdori 
    tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat nuqtaga 
    qarab harakatlanadi. 


    34 
    Shunday qilib sotuvchilar va xaridorlar harakati bozor narxini 
    avtomatik tarzda muvozanatli narx tomon suradi. Bozor muvozanatli 
    narxga erishishi bilanoq, barcha sotuvchi va xaridorlar qoniqadi va 
    narxda yuqoriga va pastga bosim mavjud boʻlmaydi. Qanchalik tez 
    muvozanatga erishish va qanchalik tez narx oʻzgarishiga qarab, 
    bozordan bozor farq qiladi. Koʻplab erkin bozorlarda mahsulot 
    ortiqchaligi vaqtinchalik holat hisoblanib, narxlar muvozanatli 
    darajasiga qarab harakatlanadi. Chindan, bu hodisa keng tarqalgan 
    boʻlib, talab va taklif qonuni deb ataladi. Istalgan bir mahsulot narxi 
    shu mahsulotga boʻlgan talab va taklif miqdorini muvozanatga keltirish 
    maqsadida oʻzgaradi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish