• Zaruriyat hashamatga qarshi.
  • Bozor tavsifi.
  • Vaqt birligi.
  • Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrnini 
    bosuvchisi bor boʻlgan tovarlar koʻproq elastik talabga ega, chunki bir 
    tovar oʻrniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. 
    Masalan, saryogʻ va margarin bir-birini oʻrnini bemalol bosadi. 
    Margarin narxi oʻzgarmaganda saryogʻ narxining biroz koʻtarilishi 
    saryogʻning sotilish miqdori tushushiga sabab boʻladi. Bunga zid holda, 
    tuxumning oʻrnini bosadigan tovar boʻlmagani uchun tuxumga boʻlgan 
    talab saryogʻga nisbatan kamroq elastik boʻladi.
    Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga boʻlgan talab odatda 
    noelastik boʻladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga 
    tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish 
    sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga 
    boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga 
    zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. 
    Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki 
    xususiyatlariga bogʻliq emas, balki xaridorlarning xohishiga bogʻliq. 
    Sogʻligʻiga kamroq munosabatda boʻlgan dengizchi uchun yelkanli 
    qayiq talab elastikligiga ega boʻlgan zaruriyat boʻlishi mumkin va 
    shifokorga borish elastik talabga ega boʻlgan hashamat boʻlishi mumkin.

    Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor 
    chegaralarini qanday chizishimizga bogʻliq. Tor doirada aniqlangan 
    bozor keng doirada aniqlanganidan koʻra elastikroq talabga ega, chunki 


    50 
    tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar 
    topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq-
    ovqatning oʻrnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik 
    talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham 
    boʻladi. Vanilin muzqaymogʻi juda ham elastik talabga ega, chunki 
    muzqaymogʻning koʻplab boshqa tamlilari uning oʻrnini bosadi. 

    Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda koʻproq elastik 
    talabga ega boʻlishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga 
    boʻlgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt oʻtgan sayin, odamlar 
    yoqilgʻi tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan 
    koʻproq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga koʻchishadi. Bir 
    necha yil ichida benzinga boʻlgan talab sezilarli darajada tushadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yaqin oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish