• Talabning narx elastikligi va uning omillari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Nazorat savollari 
    1. Muvozanatlik tushunchasi.
    2. Bozor muvozanati.
    3. Muvozanat narx.
    4. Bozorning muvozanat holatini tiklash xususiyati.
    5. Bozor muvozanatining oʻzgarishi va unga ta’sir qiluvchi 
    omillar.
    6. Davlat tomonidan maksimal narxning oʻrnatilishi.
    7. Norasmiy bozor va uning vujudga kelishi.
    8. Tovarning norasmiy bozordagi narxi.
    9. Bozorda tovar ortiqchaligi va norasmiy bozor.
    10. Iste’molchi yutugʻi va ishlab chiqaruvchi yutugʻi.
    11. Tovar tanqisligi sohasi.
    12. Ortiqcha mahsulotni ifodalovchi soha. 


    47 
     
     
    IV BOB. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI
    5
     
     
    4.1. Talab elastikligi 
     
    Biz 3-boʻlimda talab tushunchasini koʻrib chiqqanimizda xaridorlar 
    odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, oʻrin 
    bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir-birining oʻrnini toʻldiruvchi 
    tovarlarning narxi pastroq boʻlganda koʻproq tovar xarid qilishadi. 
    Bizning tovarlarga boʻlgan talabimiz narxga bogʻliq yoki boʻlmasligi 
    mumkin. Biz oʻzgarish oʻlchamiga bogʻliq boʻlmagan talab qilingan 
    miqdor koʻchish yoʻnalishlarini muhokama qilamiz. Bu oʻzgaruvchan 
    miqdorlardagi oʻzgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini 
    oʻlchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi. 
    Talabning narx elastikligi va uning omillari 
    Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning 
    oshishiga olib kelishini ifodalaydi. Talabning narx elastikligi – talab 
    qilinadigan miqdor qancha boʻlganda narx oʻzgarishiga javob berishini 
    oʻlchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga katta 
    miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab 
    qilinadigan miqdor narx oʻzgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab 
    noelastik deyiladi. 
    Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda 
    iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor 
    ekanliklarini oʻlchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal koʻradigan iqtisodiy, 
    ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda 
    talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi 
    ba’zi umumiy qoidalarni koʻrib chiqamiz. 
    5
    Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) 
    kitobining V bobi asosida tayyorlangan
    .
    89-111 bet


    48 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish