Talabning narx elastikligini hisoblash




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Talabning narx elastikligini hisoblash 
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan koʻrib 
chiqdik, endi uni qanday hisoblashni koʻrib chiqamiz. Iqtisodchilar talab 
miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati 
shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni: 
Talabning narx elastikligi = 
Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % oʻsish 
muzqaymoqqa boʻlgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning 
narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz: 
Talabning narx elastikligi = 
= 2. 
Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi 
oʻzgarish narxdagi oʻzgarishga nisbatan 2 barobar koʻp. 
Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda
miqdorning foizdagi oʻzgarishi narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbatan 


51 
har doim qarama-qarshi boʻladi. Bu misolda narxning oʻzgarishi 10 % 
ga oshgan, talab miqdori oʻzgarishi esa 20 % ga kamaygan. 
 
Oʻrta nuqta metodi: elastiklik va foiz oʻzgarishlarini hisoblashning 
yaxshiroq yoʻli 
Elastiklik va foiz oʻzgarishini hisoblashning yaxshiroq yoʻli bu talab 
egri chizigʻidagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini 
hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha boʻlgan 
elastiklik, B dan A gacha boʻlgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi. 
A nuqta: Narx=4$ miqdor=120.
B nuqta: narx=6$ miqdor=80. 
A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga koʻtarilgan, miqdori 33%ga 
pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda 
B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga 
koʻtarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5. Bunda farqlar 
yuzaga keladi, chunki foizlar oʻzgarishi turli xil asosda hisoblanadi.
Bu muammoni yechishning 1 yoʻli elastiklikni hisoblash uchun 
oʻrta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning oʻzgarishini hisoblash 
uchun standart jarayon boshlangʻich bosqich orqali oʻzgarishlar boʻlishi 
mumkin. Bunga zid holda, oʻrta nuqta metodi boshlangʻich va soʻnggi 
bosqichlari orqali oʻzgaruvchilarni boʻlish orqali foizda hisoblaydi. 
Misol uchun 5$ 4$ va 6$ oʻrtasida oʻrta nuqta. Shuning uchun oʻrta 
nuqta metodiga koʻra 4 dan 6 ga oʻzgarish 40% li oʻsish deb 
hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga koʻra, 6 dan 4 ga oʻzgarish 40% 
pastlashni anglatadi.
Oʻrta nuqta metodi oʻzgarish yoʻnalishidan qat’iy nazar bir xil 
javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri 
chizigʻini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B 
oʻrtasida oʻrta nuqta: narx= 5$ miqdor=100 oʻrta qiymat metodiga 
koʻra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga 
tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 
40% koʻtariladi. 2 yoʻnalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng. 


52 
Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligini hisoblash 
uchun oʻrta nuqta metodi boʻlib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab 
olingan. 
Talabning narx elastikligi = 

Download 7,53 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish