• RASM Talab Narx Miqdor Umumiy daromad
  • Elastiklik va chiziqli talab egri chizigʻi boʻylab umumiy




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Elastiklik va chiziqli talab egri chizigʻi boʻylab umumiy 
    daromad 
    Keling elastiklikning 4-chizmada koʻrsatilgandek talab egri chizigʻi 
    boʻylab qanday oʻzgarishini tekshirib koʻramiz. Biz bilamiz toʻgʻri 
    chiziq oʻzgarmas qiyalikka ega. Qiyalik “muddat oʻtgan sari oʻsish” deb 
    belgilanadi, ya’ni narxdagi oʻzgarishning (oʻsish) miqdordagi 
    oʻzgarishga (muddat) nisbati. Bu alohida olingan talab egri chizigʻining 
    qiyaligi oʻzgarmasdir, chunki narxdagi har 1 dollarning oʻsishi talab 
    miqdoridagi bir xil 2 birlik kamayishiga sabab boʻladi. 
    Chiziqli talab egri chizigʻining qiyaligi oʻzgarmas boʻlsa ham, 
    elastiklik bunday emas. Bu toʻgʻri, chunki qiyalik 2 ta oʻzgaruvchidagi
    oʻzgarishlarning nisbati, elastiklik esa 2 ta oʻzgaruvchidagi foiz 
    oʻzgarishlarining nisbati. Buni siz 4-chizmadagi jadvaldan koʻrishingiz 
    mumkin. Jadval talabning narx elastikligini hisoblashda oʻrta nuqtalar 
    usulidan foydalangan. Past narx va koʻp miqdor uchrashgan nuqtada 
    talab egri chizigʻi noelastik. Yuqori narx va kam miqdor uchrashgan 
    nuqtada talab egri chizigʻi elastik. 
    Jadvalda, shuningdek, talab egri chizigʻidagi har bir nuqtada 
    umumiy daromad koʻrsatilgan. Bu sonlar umumiy daromad va elastiklik 
    oʻrtasidagi aloqadorlikni bildiradi. Masalan, narx 1$ boʻlganda, talab 
    noelastik va narxning 2$ ga koʻtarilishi umumiy daromadni oshiradi. 
    RASM 
    Talab 
    Narx
     
    Miqdor 
    Umumiy daromad 
    Xaridorlar tomonidan toʻlangan 
    barcha 
    toʻlovlar 
    sotuvchilar 
    uchun daromad hisoblanib, talab 
    egri chizigʻi ostidagi chegaraga 
    teng boʻladi, ya’ni PxQ. Bu 
    yerda mahsulot narxi 4 $ va unga 
    talab hajmi 100 tani tashkil etib, 
    umumiy daromad 400 $ ni 
    tashkil etadi. 
    (daromad) 


    56 
    Narx 5$ boʻlganda, talab elastik va narxning 6$ ga koʻtarilishi umumiy 
    daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab birga teng elastik boʻladi 
    va bu ikki narxda umumiy daromad bir xil boʻladi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elastiklik va chiziqli talab egri chizigʻi boʻylab umumiy

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish