• Taklifning narx elastikligini hisoblash
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    4.2.Taklif elastikligi 
     
    Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari 
    Taklif qonuni shuni koʻrsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini 
    oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi oʻzgarishga qancha taklif 


    59 
    miqdori oʻzgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx oʻzgarishiga sezilarli 
    darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx 
    oʻzgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi. 
    Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab 
    chiqargan tovarlar miqdori oʻzgarishiga bogʻliq. Masalan, sohil boʻyi 
    yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni koʻproq ishlab chiqarish 
    deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi 
    tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar 
    yuqori narxlarga javoban oʻz faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi. 
    Koʻplab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy 
    aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan koʻra uzoq muddatda 
    elastikroq boʻladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish 
    koʻlamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif 
    miqdori narxning oʻzgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, 
    uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. 
    Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi 
    mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx oʻzgarishiga 
    sezilarli javob qaytaradi. 
    Taklifning narx elastikligini hisoblash 
    Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlangʻich ma’lumotga ega 
    boʻldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif 
    miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati 
    shaklida hisoblanadi, ya’ni: 
    Taklifning narx elastikligi = 

    Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga 
    koʻtarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti koʻpayishiga sabab boʻladi, 
    oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
    Narxning 
    foizdagi 
    oʻzgarishi=(3.15-
    2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10%; 
    Taklifning 
    foizdagi 
    oʻzgarishi=(11000-
    9000)/((11000+9000)/2)*100=20%. 


    60 
    Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi = 
    ga teng. Bu 
    koʻrsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta oʻzgarganini 
    bildiradi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish