• V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI 5.1. Maksimal va minimal narxlar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    Nazorat savollari 
     
    1. Talabning narx elastikligi va daromadlar elastikligiga ta’rif 
    bering. 
    2. Boʻlimda muhokama qilingan talabning narx elastikligini 4 
    omilini roʻyxatini tuzing va tushuntirib bering. 
    3. Elastiklikni hisoblashdagi oʻrta metodining afzalligi nimada? 
    4. Agar elastiklik 1 dan yuqori boʻlsa, talab elastikmi yoki 
    yoʻqmi? Agar elastiklik 0 ga teng boʻlsa, talab butunlay elastikmi yoki 
    yoʻqmi? 
    5. Talab-taklif diagrammasida muvozanat narx, muvozanat 
    miqdor va ishlab chiqaruvchilarning umumiy daromadini koʻrsating. 


    71 
    6. Agar talab elastik boʻlsa, narxning oshishi umumiy 
    daromadning qanday oʻzgarishiga olib keladi? Tushuntiring. 
    7. Daromad elastikligi 0 dan kichik boʻlgan tovarni nima deb 
    ataymiz? 
    8. Taklifning narx elastikligi qanday hisoblanadi? Nimalar 
    hisoblanishini tushuntiring. 
    9. Pikasso asarlari taklifining narx elastikligi qanday? 
    10. Taklifning narx elastikligi qisqa muddatda yoki uzoq muddatda 
    har doim yuqorimi? Nega? 
    11. Qanday qilib elastiklik giyohvand moddalarni toʻxtatish 
    ularning taklifini kamaytirishini, lekin ularga doir jinoyatlarni 
    koʻpaytirishini tushuntirib bering?


    72 
    V BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI 
     
    5.1. Maksimal va minimal narxlar 
    Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi 
    ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan 
    nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni 
    koʻzda tutadi. 
    Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini 
    tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni koʻzlaydi: 
    ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoki iste’molchilarni qoʻllab-
    quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qoʻllab-quvvatlashda davlat 
    qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq 
    narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni oʻrnatadi. Bunda 
    sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari 
    taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past 
    oʻrnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor 
    sharoitida bu taqchillik tezda yoʻqoladi, biroq narxlar qayd etilgan 
    sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik 
    paydo boʻladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida 
    xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish 
    imkoniyatining tugʻilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari koʻproq: 
    - ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi; 
    - ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi; 
    - bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu 
    navbatda turganlarga ham u yetmasligi mumkin; 
    - “qora bozor”ning paydo boʻlishi va boshqalar. 
    Davlat 
    ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash 
    maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda oʻrnatadi. 
    Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori boʻlsa, bozorda barqaror 


    73 
    tovar ortiqchaligi paydo boʻladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga 
    muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni oʻrnatish yoʻli bilan 
    aralashuvi ham yoʻqotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz 
    hisoblanadi. 
    Davlat 
    bozor 
    mexanizmini 
    tartibga 
    solishda 
    soliqlar 
    va 
    dotatsiyalarni ham qoʻllaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal 
    qilishini samaradorligi pasayishiga va sof yoʻqotishlar paydo boʻlishiga 
    olib keladi. 
    Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan oʻrnatiladi. Agar 
    oʻrnatilgan narx 
    P
    ~
    muvozanat narxidan R
    e
    kichik boʻlsa 
    e
    P
    P

    ~
    (
    e
    P

    muvozanat narx) va narxni undan yuqori belgilash taqiqlansa, bunday 
    narxlar maksimal narxlar, aksincha oʻrnatilgan narx 
    P
    ~
    muvozanat 
    narxidan R
    e
    katta boʻlsa, 
    e
    P
    P


    (R
    e
    - muvozanat narx) va narxni undan 
    pastroq belgilash taqiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb 
    yuritiladi. 
    Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan 
    ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot 
    ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan 
    oʻrnatiladi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish