• RASM Neft hajmi Neft narxi
  • Neft narxi Neft hajmi
  • Dunyo neft bozorida taklif hajmining qisqarishi (a) Qisqa muddatli davrda neft bozori (b) Uzoq muddatli davrda neft bozori
  • Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini 
    oshiradimi yoki kamaytiradimi? 
    Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain 
    kabi giyohvand moddalardan foydalanishdan iborat. Bu moddalarning 
    koʻplab salbiy ta’siri mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bogʻlanib 
    qolish odamlarning va ularni oilasining hayoti barbod boʻlishiga olib 
    RASM 
    Neft hajmi 
    Neft narxi 
    1. Qisqa muddatli davrda, talab va 
    taklif noelastik boʻlganda taklif 
    siljishi %i 
    2 … narxni 
    keskin o’sishini 
    boshlab beradi
    2 … narxni 
    sekin 
    o’sishini 
    boshlab beradi
    1. Uzoq muddatli 
    davrda, talab va taklif 
    noelastik boʻlganda 
    taklif siljishi… 
    Neft narxi 
    Neft hajmi 
    Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqtni talab 
    qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab va taklif biroz noelastik. 
    shu tariqa taklif egri chizigʻining S
    1
    dan S
    2
    ga siljishi narxni oshiradi. 
    Aksincha uzoq muddatli davrda esa taklif va talab biroz elastik.
    Dunyo neft bozorida 
    taklif hajmining 
    qisqarishi 
    (a) Qisqa muddatli davrda neft bozori
    (b) Uzoq muddatli davrda neft bozori


    68 
    keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam 
    oʻgʻirlikka va boshqa jinoyatlarga qoʻl uradi. Noqonuniy moddalardan 
    foydalanishni cheklash maqsadida Qoʻshma Shtatlar hukumati 
    mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili 
    milliard dollar mablagʻ ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan 
    foydalangan holda bu narkotik moddalarni toʻxtatish siyosatini 
    tekshiramiz. 
    Tasavvur qiling hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda 
    qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar 
    bozorida nima sodir boʻldi? Odatdagidek biz 3 qadamda savolga javob 
    beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizigʻining oʻzgarganini
    koʻrib chiqamiz. Ikkinchidan, oʻzgarishning qaysi tomonga boʻlganini 
    kuzatamiz. Uchunchidan, biz oʻzgarish muvozanat narxi va miqdoriga 
    qanday ta’sir etganini koʻramiz. 
    Garchi narkotiklarni toʻxtatishning maqsadi ulardan foydalanishni 
    qisqartirishga qaratilgan boʻlsa ham, uning aniq ta’siri xaridorlarga emas 
    balki sotuvchilargadir. Hukumat mamlakatga bir necha narkotik 
    moddalarni kirishini toʻxtatgan va koʻplab kontrabandachilarni hibsga 
    olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning 
    miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga boʻlgan talab, ya’ni istalgan 
    narxda sotib oladiganlar soni oʻzgarmaydi. 9-chizmada koʻrsatilganidek, 
    taqiq taklif egri chizigʻini chap tomonga S

    dan S
    2
    ga surdi, talab esa 
    oʻzgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P
    1
    dan P
    2
    ga koʻtarildi, muvozanat 
    miqdor esa Q
    1
    dan Q

    ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi 
    shuni koʻrsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni 
    qisqartirdi. 
    Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob 
    berish uchun, giyohvand moddalardan foydalanuvchilar toʻlagan 
    pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam 


    69 
    giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani 
    bunday moddalarga boʻlgan talab elastik emas. 
    Agar talab elastik boʻlmasa, giyohvand moddalar bozoridagi 
    umumiy daromad koʻtariladi. Chunki giyohvand moddalardan 
    foydalanishga nisbatan narx ancha koʻtarilgan boʻladi. Bu esa 
    giyohvandlar toʻlaydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar 
    oʻzlarining ehtiyojini qondirish maqsadida oʻgʻirlik qilishga ham toʻgʻri 
    keladi, ularga avvalgidan ham koʻproq pul zarur boʻladi. Demak, 
    giyohvand moddalarni toʻxtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini 
    oshiradi. 
    Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar 
    muqobil yechimini topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar 
    taklifini qisqartirgandan koʻra, siyosatchilari giyohvand moddalar 
    haqida ta’lim berish orqali ularga boʻlgan talabni qisqartirishga harakat 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish