66
yuqoriroqqa koʻtarildi. Bir necha yildan soʻng, OPEK bu ishni yana bir
amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha
neft narxi qariyb ikki
barobar koʻtarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi.1982-
yildan 1985-yilgacha neftning narxi yiliga 10% dan pasaydi. Tez orada
esa OPEK davlatlari oʻrtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi.
1986-yilda OPEK a’zolari oʻrtasidagi hamkorlik butunlay sindi va
neftning narxi 45% ga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-
yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda
uning narxi deyarli
oʻzgarmadi (XXI asrning 1-oʻn yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin
OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga boʻlgan talab
oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan koʻtarilayotganidan).
1970–980-yillardagi OPEK hodisasi
qisqa muddatda va uzoq
muddatda talab va taklif qanday harakatlanishini koʻrsatadi. Qisqa
muddatda neftga boʻlgan talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif
elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi
tez oʻzgarmaydi.
Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi
oʻzgarishlarga
tez
javob
qaytarmaydi.
Demak,
8-chizmada
koʻrsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif va talab tik qiya holda turadi.
Taklif S
1
dan S
2
ga oʻzgarganda, P
1
dan P
2
ga narxning koʻtarilishi katta
boʻladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida,
OPEK dan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar
yuqori narxlarga javoban
neft tadqiqotlarini koʻpaytiradilar va ishlab chiqarishning yangi
kuchlarini barpo etishadi. Isteʼmolchilar esa tejashga harakat qilishadi,
masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 8-
chizmada koʻrsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri chizigʻi
elastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizigʻining S
1
dan S
2
ga
oʻzgarishi narxning ozgina koʻtarilishiga sabab boʻladi.
67
Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt
mobaynida OPEK neftning
yuqori narxini ushlab turishga erishganini koʻrsatadi. OPEK
mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular
taklif egri chizigʻini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining
har biri kam
neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni koʻtarib
daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va
taklif elastik boʻlganda, taklifning bir xil kamayishi taklif egri chizigʻini
gorizontal tomonga surdi va narxda biroz oʻsish kuzatildi. Shunday
qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel
uzoq muddatdan koʻra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini
oʻrgandi.