62
oʻsganda (22 foiz oʻsish), taklif qilinadigan miqdor 500 dan 525ga
oʻsadi (5 % oʻsish). Bu holatda taklif qilinadigan
narxga qaraganda
kamroq nisbatda koʻchadi, shuningdek, elastiklik 1 ga nisbatan kamroq.
4.3. Talab, taklif va elastiklikning uch koʻrinishi
Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar boʻlishi
mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilgʻining narxini baland saqlab tura
olmadi? Dorilar taqiqi oʻsadimi yoki dorilarga bogʻliq jinoyatlar
kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.
Fermer xoʻjaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar boʻla
oladimi?
Tasavvur qiling siz bugʻdoy yetishtiradigan fermersiz.
Sizning
barcha daromadingiz bugʻdoyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni
iloji boricha unumdorligini oshirishga koʻproq harakat qilasiz. Ob-havo
va tuproq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda
va kasalliklarni
yoʻqotasiz va ilgʻor texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha
koʻp bugʻdoy yetishtirsangiz, shuncha koʻp
hosil olasiz va sizning
daromadingiz koʻproq boʻladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot
qilishganligini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik boʻlimi