Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
4 ta xaridorning toʻlov 
qobiliyati
Jon 
Paul 
Jorj 
Ringo 
Xaridor 
e
100 $ 
80 
70 
50 
Toʻlov qobiliyati 


85 
Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol 
uchun 10 $. Chunki barcha toʻrt xaridorlaringiz toʻlashga tayyor, narx 
esa tez koʻtariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz koʻproq) 
taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa 
hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan koʻproq 
taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ toʻlaydi va albomni oladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.
Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? 
Bu oʻrinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ 
toʻlashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ toʻladi. Jon 20$ 
isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻldi. Isteʼmolchi ortiqchaligi bu 
xaridorning toʻlashga tayyorligidan aslida buning uchun toʻlagan 
miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi. 
Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozor jarayonida olgan 
foydasiga qarab oʻlchanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida 
ishtiroki natijasida 20$ foyda oldi, chunki u 100$ ga baholangan tovar 
uchun atigi 80$ toʻladi. Pol, Jorj va Ringolar isteʼmolchi ortiqchaligiga 
ega boʻlishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik 
qilmasdan va hech narsa toʻlamasdan ketishdi. 
Endi biroz boshqacha misolni koʻrib chiqamiz. Siz ikkita bir xil 
Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi 
savdosida toʻrt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarning 
ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni rejalashtirganmiz. 
Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi 
Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Jon 
va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj hamda 
Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har 
biri isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishdi, uni toʻlashga tayyorligi 
ayiruv toʻlangan narxiga teng. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi 30$ 
boʻladi, Paulniki esa 10$. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi avvalgisiga 


86 
nisbatan yuqoridir u oʻsha albomni oladi, lekin buning uchun kam haq 
toʻlaydi, umumiy isteʼmolchi ortiqchaligi 40$. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish