97
Bu savollarga javob berish uchun
rejalashtiruvchi avvalo
jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor.
Ulardan biri isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining
umumiy yigʻindisidir. Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi
ishtirokidan
kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
bu sotuvchining qoʻlga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy
ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining koʻrsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishning bu koʻrsatkichini yaxshi tushunish uchun
isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini oʻlchab koʻrish kerak.
Biz isteʼmolchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz:
Isteʼmolchi ortiqchaligi = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx -
xaridorlar tomonidan toʻlangan narx
Shunga oʻxshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz:
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi -
sotuvchilarning xarajatlari
Agar biz isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak
biz quyidagilarga erishamiz:
Umumiy ortiqchalik = (xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx - xaridorlar
tomonidan toʻlangan narx) + (sotuvchilarning sotgan narxi -
sotuvchilarning xarajatlari)
Xaridorlar tomondan toʻlangan narx sotuvchilarning sotgan narxi
bilan tenglashadi, shuningdek, ushbu iboradagi ikki atama oʻchib ketadi
va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin:
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar toʻlamoqchi boʻlgan narx -
sotuvchilarning xarajatlari).
Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga oʻzlarini
xohishlari asosida toʻlamoqchi boʻlgan umumiy narxdan sotuvchilar bu
98
tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan
umumiy xarajatlarni ayirish
natijasidir.
Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa,
biz bu taqsimot samaradorlikni koʻrsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot
samarali boʻlmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan
keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum boʻlgan hisoblanadi.
Misol
uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past
xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu
holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli ishlab
chiqaruvchiga oʻzgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va
umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga oʻxshab,
agar xaridorlar
mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa
ham taqsimot samarasiz boʻladi. Bu holatda tovarlar isteʼmolida past
daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga oʻzgarish umumiy
ortiqchalikni oʻsishiga sabab boʻladi.
Samaradorlikka qoʻshimcha
qilib shuni aytish lozimki, ijtimoiy
rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va
sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida oʻylashi
kerak.
Buning asl ma’nosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirogni teng
boʻlib olishiga oʻxshaydi.Samaradorlik degan
savol esa iloji boricha
oʻsha pirogning katta boʻlishini anglatadi. Tenglik tushunchasi esa oʻsha
pirog neha boʻlakka boʻlingani hamda ishtirokchilar oʻrtasida qanday
bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish
maqsadlari haqida gaplashamiz. Shuni yodda
tuting haqiqiy iqtisodiy
siyosatchilar har doim tenglik boʻlishi haqida qaygʻurishadi.
Tenglik – bu jamiyat a’zolari oʻrtasida iqtisodiy resurslarning
iqtisodiy oʻsish uchun teng taqsimlanishidir.