96
6.3.Bozor samaradorligi
Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning koʻpligi
bozordagi
xaridor va sotivchining koʻpayishini oʻrganishga asosiy manba boʻladi.
Bu manbalar bizga asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam
beradi: resurslarni joylashtirish erkin
bozorni xohishiga asosan
taʼminlanadimi?
Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi
Bozorni baholash samarasida biz oʻzimizning tahlillarimizni yangi,
taxminiy xususiyatga ega boʻlgan koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi
deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Koʻngilchan
ijtimoiy
rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli, aniq maqsadga ega boʻlgan
diktatordir.
Rejalashtiruvchi
jamiyatdagi
barchani
iqtisodiy
rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning
uchun rejalashtiruvchi nima
qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini oʻzlari kelishib olishlariga qoʻyib
berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yoʻl bilan
oʻzgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni oʻstira oladimi?
Rasm
(a)
rasmda P
1
narx, Q
1
taklif hajmi va ABC uchburchak maydoni ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligiga teng. Narx P
1
dan P
2
ga koʻtarilganda taklif hajmi Q
1
dan Q
2
ga koʻtariladi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ADF uchburchak maydoniga koʻpayadi.
Ishlab chiqaruvchi
ortiqchaligidagi oʻsish (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud ishlab
chiqaruvchilar koʻproq oladi (BCED maydon) va yuqori narxlarda
qisman yangi ishlab
chiqaruvchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon).