• (a) P 1 narxdagi iste’mol ortiqchaligi (b) P 2 narxdagi iste’mol ortiqchaligi
  • 6.2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
  • Xarajat va sotish xohishi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
     
    Rasm 
    isteʻmolchi ortiqchaligiga 
    narx qanday ta’sir qiladi 
    Narx 
    Narx
    Miqdor 
    Miqdor 
    Iste’mol 
    ortiqchaligi 
    Yangi iste’molchilarga 
    iste’mol ortiqchaligi 
    Talab 
    Talab 
    Ilk iste’mol 
    ortiqchaligi 
    ilk iste’mol ortiq- 
    chaligiga qoʻshilgan 
    iste’mol ortiqchaligi 
    (a) P
    1
     narxdagi iste’mol ortiqchaligi 
    (b) P
    2
     narxdagi iste’mol ortiqchaligi 
    (a) rasmda P
    1
    narx, Q
    1
    talab hajmi va ABC uchburchak maydoni iste’molchi ortiqchaligiga 
    teng. Narx P

    dan P
    2
    ga tushganda talab hajmi Q
    1
    dan Q
    2
    ga koʻtariladi va iste’molchi 
    ortiqchaligi A¾F uchburchak maydoniga koʻpayadi. Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish 
    (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud iste’molchilar kamroq toʻlaydi (BCED 
    maydon) va past narxlarda qisman yangi iste’molchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon). 


    91 
    6.2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 
     
    Endi biz bozorni boshqa tomoniga murojaat qilsakda va 
    sotuvchilarning bozordagi ishtiroklaridan olayotgan foydalarini koʻrib 
    chiqsak. Sotuvchilar farovonligining tahlili xaridorlar farovonligining 
    tahlili bilan bir xilligini koʻramiz. 
    Xarajat va sotish xohishi 
    Tasavvur qilingki, siz uy egasisiz va shu uyni ta’mirlashni 
    xohlaysiz. Siz 4 ta ta’mirlash xizmatlarini koʻrsatuvchi odamlarga 
    murojaat qilasiz: Mariya, Frida, Jorjiya va Grenma. Agar narx toʻgʻri 
    kelsa, har bir xizmatchi bu ishni qilishga tayyor. Siz 4 ta xizmatchini 
    narxini koʻrib chiqing va kim bu ishni arzonroq narxda bajarishini taklif 
    qilib kimoshdi savdosini oʻtkazing. Har bir ta’mirchi agar narx 
    qilinadigan ishga toʻgʻri kelsa, ishni bajarishga tayyor. Bunda narx 
    xizmatchining toʻgʻri keladigan narxini bildiradi, bu narx xizmatchining 
    qoʻshimcha xarajatlarini (boʻyoq choʻtka va hokazolar) va qilinadigan 
    mehnatni oʻz ichiga oladi. 
    2-jadval har bir xizmatchining mehnat narxini koʻrsatadi. 
    Xizmatchining ishi uchun olayotgan narx pastligi sababli narx bu 
    xizmatni sotish oʻlchovi hisoblanadi. Har bir xizmatchini mehnatini 
    narxi tannarxdan baland boʻlganda, sotish xohishi yuz beradi. Har bir 
    xizmatchi xizmatini tannarxidan baland narxga sotishga harakat qiladi 
    va undan past narxga sotishni rad etadi. Agar narx teng boʻlib qolsa, 
    unga bu ishni bajarishning ahamiyati boʻlmaydi. U holda xizmatchi oʻz 
    kuchi va vaqtini boshqa narsaga sarflash tarafdori boʻladi. Ish narxini 
    taklif qilishganda, boshida narx baland boʻladi, lekin keyin raqobat 
    natijasida narx pasayadi. Boshida Grendma ish uchun 600$ soʻraydi va 
    ish unda uni tannarxi 500$ boʻlganligi uchun, bozorda qoladi, boshqalar 
    Mariya, Frida, Jorjiya bu ishni 600$dan kamiga qilishni xohlashmaydi. 
    Ahamiyat bering, ish bu ishni arzonga bajaradigan xizmatchiga tegadi. 


    92 
    Bu ishni olganidan Grendma qanday foyda koʻradi? Bu ish uchun 
    500$ sarflasa va ish uchun 600$ olsa, u holda xizmatchi 100$ ishlab 
    chiqaruvchi ortiqchaligiga ega boʻladi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 
    ish uchun olingan narx ayiruv tannarxga teng. Ishlab chiqaruvchi 
    ortiqchaligi sotuvchining bozordagi ishtirokidan olinayotgan foydani 
    hisoblaydi. 
    Endi ikkita har xil misolni koʻrib chiqamiz. Faraz qiling siz ikkita 
    uyni ta’mirlashingiz kerak. Yana ishni 4 kishiga taklif qilasiz. Hech 
    qaysi xizmatchi ikkala uyni ta’mirlash imkoniga ega emas deb 
    hisoblaylik. Narx ikkita talabgor qolguncha pasayaveradi. Bu holda 
    tanlov ish uchun har biri $800 (yoki ozgina pastroq) taklif qilayotgan 
    Jorjiya va Grendma oʻrtasida toʻxtaydi. Jorjiya va Grendma ishni shu 
    narxga bajarishga tayyor, lekin Mariya va Frida narxni tushirishni 
    xohlashmaydi. $800 narxda Grendma $300 va Jorjiya $200 ishlab 
    chiqaruvchi ortiqchaligiga ega boʻladi. Bozordagi umumiy ishlab 
    chiqaruvchi ortiqchaligi bu holatda $500 ni tashkil etadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish