Nazorat savollari
1.Xaridorlar tayyorligi, isteʼmolchilar ortiqchaligi va talab egri
chizigʻi qanday bogʻliqligini tushintirib bering.
2. Sotuvchilar xarajati, ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi va taklif
egri chizigʻi qanday bogʻliqligini tushintirib bering.
3. Bozor muvozanatida ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi
ortiqchaligini taklif va talab chizmasida koʻrsating.
4. Samaradorlik nima? U iqtisodiy siyosatning yagona maqsadimi?
5. Koʻrinmas qoʻl nima qiladi?
6. Ikki turdagi bozor muvaffaqiyatsizligini nomlang. Nima uchun
bozor natijalari samarali boʻlmasligini tushintirib bering.
105
VII BOB. ISTEʼMOLCHI TANLOVI NAZARIYASI
6
7.1. Byudjet chizigʻi: iste’molchining qanday imkoniyatlari
mavjud?
Koʻp odamlar oʻz ehtiyojlari soni va sifatini yaxshilashnga
urinishadi – koʻproq ta’tillar, qimmatroq mashina haydash yoki
yaxshiroq restoranlarda ovqatlanish va hokazo. Kishilar
oʻz
xohishlaridan koʻra kamroq sarflashni istashadi, chunki ularda kirim
ta’siri borligi sababli xarjlari ham chegaralangan boʻladi. Biz
iste’molchining tanlov nazariyasini kirim va chiqim orasidagi
mutanosiblikni tekshirish orqali boshlaymiz.
Obyektlarni oddiy va sodda boʻlishini koʻzlab, biz iste’molchi xarid
qilishi mumkin boʻlgan faqat ikkita narsani olamiz: pitsa va Pepsi.
Albatta, hayotda kishilar minglab turdagi tovarlarni xarid qilishlari
mumkin. Taxminimizcha, iste’molchi tanlovi tushunchasining asosiy
mazmunini oʻzgartirmay turib sodda tushuntirish uchun ikkita
mahsulotni olish yetarli. Avvalo, pitsa va pepsiga boʻlgan xarajat
iste’molchi kirimining qancha qismini cheklab olishini koʻrib chiqamiz.
Taxminan iste’molchi kirimi oyiga 1000$ va uning hammasi Pepsi va
pitsaga ketadigan boʻlsin. Pepsi narxi 2$, pitsaniki 10$.
Rasm 1 dagi jadval isteʼmolchi sotib olishi mumkin boʻlgan pitsa va
Pepsining
koʻplab
kombinatsiyalarining
ayrimlarini
koʻrsatadi.
Jadvalning birinchi qatori, agar isteʼmol pitsaga oʻzining barcha
daromadini sarflasa, u oy davomida 100 ta pitsa yeyishi, lekin u hech
qancha Pepsi sotib olish mumkin emasligini koʻrsatadi. Ikkinchi qatorga
boshqa ehtimolni koʻrsatadi, isteʼmol toʻplami: 90 ta pitsa va 50 pint
pepsi va hokazo. Jadvaldagi har bir isteʼmol toʻplami aniq $ 1000 turadi.
6
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7
e.) kitobining XXI bobi asosida tayyorlangan.457-483 bet
106
Rasm 1dagi grafik isteʼmolchi tanlashi mumkin boʻlgan isteʼmol
toʻplamlarni koʻrsatadi. Vertikal oʻq Pepsi pintlari sonini va gorizontal
oʻq pizza sonini oʻlchaydi. Bu rasmda uchta nuqta belgilangan. A
nuqtada isteʼmolchi Pepsi sotib olmaydi lekin 100 pitsa iste’mol qiladi.
B nuqtada isteʼmolchi pitsa sotib olmaydi va 500 pint Pepsi isteʼmol
qiladi. C nuqtada isteʼmolchi 50 pitsa va 250 pint Pepsi sotib oladi.
Aynan C nuqtada AB chizigʻi oʻrtasida isteʼmolchi teng
sarflaydigan nuqtadir, unda pitsa va Pepsi miqdori ($ 500). Bu
isteʼmolchi tanlashi mumkin boʻlgan pitsa va Pepsi koʻplab
kombinatsiyalarning faqat uchtasidir. AB chizigʻi boʻyicha barcha
nuqtalarni tanlash mumkin. Byudjet sigʻimi deb nomlangan bu chiziq,
isteʼmolchi qurbi yetadigan isteʼmol toʻplamlarini koʻrsatadi. Bu holda,
u iste’molchi toʻqnashadigan pitsa va Pepsi oʻrtasidagi tanlovni
koʻrsatadi. Byudjet sigʻimi qiyaligi isteʼmolchi duch keladigan tanlov
darajasini oʻlchaydi. Eslatib oʻtamiz, bu ikki nuqta orasidagi chiziq
vertikal masofa oʻzgarishi gorizontal masofa oʻzgarishiga boʻlib
hisoblanadi (“muddatda oʻsish”). A nuqtadan B nuqtagacha vertikal
masofa 500 pint boʻlgan va gorizontal masofa 100ta pitsa hisoblanadi.
Shunday qilib, chiziqda 1 ta pitsaga 5 pint Pepsi toʻgʻri keladi.
107
Birinchi
jadvalda
iste’molchining yuqorida aytib oʻtilgan
mahsulotlardan qay usullarda xarid qilishi mumkinligini hisoblovchi
kombinatsiyalardan biri koʻrsatilgan. Birinchi jadval shuni koʻrsatadiki,
agar iste’molchi hamma pulini pitsaga sarflasa u 100 ta pitsa xarid
qilishi va birorta ham Pepsi ololmasligi mumkin. Ikkinchi qatorda
boshqacha variant: 90 ta pitsa va 50 dona Pepsi, va hokazo. Har bir
chiqim summasi 1000$ni tashkil etadi. Birinchi jadvaldagi grafik
iste’molchi tanlashi mumkin boʻlgan “toʻplam”larga misol boʻladi.
Vertical chiziq Pepsining miqdorini oʻlchasa, gorizontali esa pitsaning
donasini ifodalamoqda. Grafikda uchta nuqta keltirilgan. A nuqtada,
iste’molchi faqat 100 ta pitsa oladi, ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u
pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib oladi, A va B
nuqtalarining oʻrtasi boʻlmish C nuqtada iste’molchi har ikkalasigayam
teng ravishda 500 $ dan pul sarflashi tasvirlangan. Bunda u 50ta pitsa va
250 ta Pepsi iste’mol qila oladi. Yuqorida aytib oʻtilganlar koʻplab
kombinatsiyalardan uchtasi edi, xolos. A nuqtadan B nuqtagacha
boʻlgan har bir variant bizga toʻgʻri kela oladi. Xarajatlar sigʻimi deb
ataluvchi ushbu chiziq bizga iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol
“guruh”larini koʻrsatib beradi. Shu bilan iste’molchi xarid qilishi
mumkin boʻlgan Pepsi va pitsa miqdorlarini jadvallar yordamida
oʻrganib chiqdik.
Byudjet sigʻimi egri chizigʻi iste’molchining bir tovarning
boshqasiga nisbatan xarid qila olish imkoniyatini narxlar mutanosibligi
orqali oʻlchashda ishlatiladi. A nuqtadan B nuqtagacha vertikal oraliq
500 ichimlik va gorizontal masofa 100 ta pitsaga teng. Demak, beshta
Pepsi bitta pitsaga toʻgʻri kelmoqda. (Aslida, byudjet sigʻimi egri
chizigʻi pasayganda, natija musbat son chiqadi. Lekin biz manfiy
ishorani chetlab oʻtishimiz mumkin.)
Byudjet taqchilligi bir mahsulot narxining boshqa bir mahsulot narxiga
taqqoslanishi orqali paydo boʻlgan taxminiy narxga teng ekanligini eslab
108
qoling. Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish
ehtimolligi Pepsiga qaraganda besh marta past. Bozor ite’molchiga
quyidagicha tanlovni taklif qila oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi.
|