99
7-rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida isteʼmolchi
va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini koʻrsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi
muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizigʻidan
pastda
joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa
muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizigʻidan yuqorida
joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib,
muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari oʻrtasida
joylashgan shaklning umumiy maydoni
ushbu bozordagi umumiy
ortiqchalikni aks ettiradi.
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu
umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish
uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida boʻlganda bozor narxi bozor
faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi.
Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar
(talab egri chizigʻida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan
past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib
olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga oʻxshash, xarajatlari narxdan
kichik boʻlgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab
Muvozanatli bozorda iste’molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Jami ortiqchalik – ishlab chiqaruvchi
va iste’molchi ortiqchaligining jami –
talab va taklif egri chizigʻining
muvozanat maydongacha boʻlgan
maydon.
Rasm
Narx
Miqdor
Taklif
Talab
Muvozanat
narx
Muvozanat
miqdor
Ishlab
chiqaruvchi
ortiqchaligi
Iste’molchi
ortiqchaligi
100
chiqaradilar
va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta boʻlgan
sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish
bilan
shugʻullanishni istamaydilar.
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi,
yaʼni:
1.
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga
nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar oʻrtasida taqsimlaydilar, u
ularning toʻlashga tayyorligi bilan aniqlanadi.
2.
Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab
chiqaruvchi yetkazib beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va
sotilgan tovarlarning bozor
muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning
istemolini yoki yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini
taqsimotini oʻzgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega
emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning
miqdorini
koʻpaytirish
yoki
kamaytirish
yordamida
umumiy
farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yoʻq, bu bozor
natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir.
3.
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar
umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi
tovarlar miqdorini ishlab
chiqaradilar.
8-chizma yuqoridagi fikr nega toʻgʻri ekanligiga isbot keltiradi. Bu
chizmani izohlash uchun talab egri chizigʻi xaridorlar uchun tovar
qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizigʻi sotuvchilarning
xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi
qandaydir miqdorda,
misol uchun Q
1
da, chekli xaridorning qimmati
chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq boʻladi. Natijada ishlab
chiqarish va iste’mol miqdorining oʻsishi umumiy ortiqchalikni oshiradi.
101
Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar toʻgʻri davom
etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda,
misol uchun Q
2
da, chekli xaridorning
qimmati chekli sotuvchinung
xarajatlaridan kam boʻladi. Shunga koʻra, miqdor pasayishi umumiy
ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan
pasaygunga qadar toʻgʻri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni
maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab
egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va
ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yigʻindisi qanday katta boʻlishi
mumkinligidan iborat boʻlishini koʻrsatadi. Boshqa soʻzlar bilan
aytganda, muvozanatli natija bu resurslarni samarali taqsimlanishidir.
Koʻngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli
boʻlishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima
qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Fransuzcha
“aralashmaslik” iborasiga toʻgʻri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan
baxtlidir. Garchi bu foydali boʻlsada hamma
narsani yaxshi biladigan