114
bosa oladi (nikel va sent pullar kabi) va na mukammal bir-birini
toʻldiradi (oʻng va chap oyoq kiyimlari kabi). Odatda, befarqlik egri
chizigʻi ichki xohishdan kelib chiqadi, toʻgʻri chiziq kabi bir xil
boʻlavermaydi.
7.3.Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?
Bu bobning ham maqsadi iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga
oshirishini tushuntirish hisoblanadi. Bizda analiz ushun ikkita muhim
manba mavjud: iste’molchining moliyaviy ahvoli (u qancha pul sarflay
oladi) va iste’molchining xohishlari (u nimaga pulini sarflaydi). Endi biz
ushbu ikki qismni birlashtirib, iste’molchining nima xarid qilish
haqidagi qarorini tahlil qilamiz.