127
Hordiq va iste’mol oʻrtasidagi Sallining qarori uning mehnat
taklifini
belgilaydi, chunki koʻproq dam olsa, u kamroq vaqt ishlaydi.
7.14-rasmning
har bir qismida, oʻng rasm Sallining qarorida nazarda
tutilgan mehnat taklifi egri chizigʻi koʻrsatilgan. (a) qismida, Sallining
yuqori ish haqi kam dam olish va koʻp ishlashini koʻrsatadi,
bunda
mehnat taklifi egri chizigʻi yuqoriga yoʻnalgan. (b) qismda, Sallining
yuqori ish haqi koʻproq dam olish va kam ishlashni koʻrsatadi, shunday
ekan mehnat taklifi egri chizigʻi orqaga yoʻnalgan.
Avvaliga, orqaga yoʻnalgan mehnat taklifi egri chizigʻi
boshqotirmali boʻladi. Nima uchun shaxs
kam ishlab yuqori ish haqi
olishi kerak? Javob yuqori ish haqiga daromad va almashtirish taʼsiridan
kelib chiqadi.
Birinchi boʻlib almashtirish taʼsirini koʻrib chiqaylik. Sallining ish
haqi koʻtarilsa, hordiq iste'mol nisbatan koʻproq qimmatroq boʻladi va
bu Sallini hordiq oʻrniga isteʼmolga yetaklaydi. Boshqacha aytganda,
almashtirish taʼsiri Sallini yuqori ish haqiga javoban qattiqroq ishlashga
undaydi va bu mehnat taklifi egri chizigʻini yuqoriga yoʻnaltiradi.
Endi daromad taʼsirini koʻrib chiqaylik. Sallining ish haqi koʻtarilsa,
u yuqoriroq befarqlik egri chizigʻiga koʻtariladi. U oldingiga qaraganda
endi yaxshiroqdir. Modomiki isteʼmoli va
dam olish ham normal tovar
ekan, u yuqori isteʼmolini va koʻproq dam olishdan bahramand boʻlishni
istaydi. Boshqacha qilib aytganda, daromad taʼsir
kam ishlashga va bu
mehnat taklifi egri chizigʻini orqaga yoʻnalishiga olib keladi.
Oxir-oqibat, iqtisodiy nazariya ish haqining oʻsish Sallini koʻproq
yoki kamroq ishlashga undashi haqida aniq taxmin bermaydi. Agar
almashtirish ta'siri Salliga daromad taʼsiridan katta boʻlsa, u koʻproq
ishlaydi. Agar daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan katta boʻlsa, u kam
ishlaydi. Mehnat taklifi egri chizigʻi shuning uchun,
yuqoriga yoki
orqaga yoʻnalgan boʻlishi ham mumkin.
128
Keys stadi.
Mehnat taklifiga daromad ta’siri:
tarixiy yoʻnalishlar,
lotereya gʻoliblari va Karnegi taxmini
Orqaga yoʻnalgan mehnat taklifi egri chizigʻi gʻoyasi dastlab oddiy
nazariy qiziquvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas.
Dalillar mehnat taklifi egri chizigʻi uzoq vaqt davomida orqaga
yoʻnalishini koʻrsatadi.
Yuz yil avval, koʻp odamlar bir hafta olti kun
ishlashgan. Bugungi kunda, hafta besh kunlik ish norma. Shu bilan birga
ish haftasi uzunligi kamayib, tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya oʻzgarishi
bilan) ortib bormoqda.
RASM
Ushbu cxizmadagi grafiklar iste’molchining ish haqi oʻzgarganda qanday oʻzgarish
boʻlishini koʻrsatib beradi. Chap tarafdagi grafik iste’molchining BC
1
nuqtadagi
dastlabki byudjet chegarasini koʻrsatadi BC
2
nuqta esa iste’molchining iste’mol va
dam olishdan tashqari optimal tanlovini koʻrsatib beradi. Oʻng
tarafdagi egri chiziq
ishchi kuchi taklifini koʻrsatadi.