Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Umumiy 
bozor 
talabi, 
birlikda 




18 




15 




12 












142 
Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish 
uchun) uchta A, B va V iste’molchilar harakat qiladi deylik. 
quyidagi jadvalda (8.1-jadval) har bir iste’molchining berilgan 
narxlarda oziq-ovqatga boʻlgan talabi keltirilgan.
 
 
Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirilgan va ular 
iste’molchilarning individual talablarini qoʻshish orqali aniqlangan. 
Masalan, oziq-ovqat narxi 1 soʻm boʻlganda, umumiy bozor talabi 
quyidagicha hisoblanadi: 
4 6 8 18
  
.
 
 
 
8.5-rasm. Iste’molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizigʻi. 
Quyidagi 8.5-rasmda ushbu iste’molchilarning talab chiziqlari va 
bozor talab chizigʻi keltirilgan. Bozor talabi chizigʻi har bir 
iste’molchining berilgan narxlardagi talablarini qoʻshish orqali hosil 
qilingan. 
Bozor talabi chizigʻining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta 
iste’molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini koʻrsatadi. 
Masalan, narx 3 soʻm boʻlganda, bozor talabi 12 birlik boʻlib, u A, B va 
V iste’molchilarning narxi 3 soʻm boʻlgandagi talablari yigʻindisiga teng 


2 4 6
12
 

.
Iste’molchilarning 
individual 
talablari 
chiziqlari 
toʻgʻri 
chiziqlardan iborat boʻlgani bilan bozor talab chizigʻi ham toʻgʻri 
chiziqdan iborat boʻlishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori 
Бозор талаби 



D
В
D
А


D
Б
20 
18 
16 
14 
12 
10 




P,
сўм 
Озиқ-овқат, 
бирликда 


143 
narxlarda ba’zi bir iste’molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin 
yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin. 
Yana shuni ta’kidlash lozimki, iste’molchilar talablariga ta’sir 
qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta’sir qiladi. Masalan, 
iste’molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizigʻini oʻngga, 
tepaga siljitadi yoki boʻlmasa, iste’molchilar daromadlarini ortishi, 
ularning oziq-ovqatga boʻlgan talabini oshiradi. Bu oʻz navbatida bozor 
talab chizigʻini oʻngga-tepaga siljishiga olib keladi. 
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik 
guruhlarga qarashli iste’molchilar talablarini yigʻishga, har xil 
hududlarda yashovchi iste’molchilar talablarini yigʻishga toʻgʻri keladi. 
Masalan, muzqaymoqqa boʻlgan bozor talabi oʻrganilganda yosh bolalar 
talabi, oʻsmirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxoʻrlar talabi toʻgʻrisidagi 
axborotlarni olishga va ularni jamlashga toʻgʻri keladi. Xuddi shu 
masalani hududlar boʻyicha aniqlash ham mumkin. 
Bozor talabi chizigʻini va shu bilan birga individual talab chizigʻini 
ifodalashda tovarlarning narx boʻyicha elastiklik koeffitsiyentidan 
foydalanish mumkin. Biz yuqorida koʻrgan edikki, agar talab narx 
boʻyicha elastik boʻlsa, narxning pasayishi iste’molchini tovardan 
koʻproq sotib olishga undaydi. Natijada iste’molchining tovar sotib 
olishga sarfi oʻsadi, narx oshganda iste’molchi sarfi kamayadi. 
Agar talab elastik boʻlmasa, narx oshganda iste’molchi sarfi ham 
oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordi-yu talab birlik elastiklikka ega 
boʻlsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste’molchining tovar sotib 
olishga sarfi oʻzgarmaydi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish