134
6.
Umumiy naflik, chekli naflik, chekli naflikning kamayishi
qonuni.
7. Befarqlik chiziqlari kartasi va uning xususiyatlari.
8. Chekli almashtirish normasi.
9. Byudjet chegarasi va uning oʻzgarishi.
10. Byudjet chizigʻi yotiqlik burchagi.
11. Naflikni maksimallashtirish.
12. Iste’molchi tanlovi masalasi yechilishini
grafik usulda tahlil
qilish.
13. Iste’molchilarning muvozanat shartlari.
135
VIII BOB DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH
SAMARASI
8.1.Daromad samarasi va almashtirish samarasi.
Daromad – iste’mol chizigʻi. Daromadning oʻzgarishi
byudjet
chizigʻini oʻziga parallel ravishda
siljishiga olib keladi, nima uchun
deganda, narxlar nisbati oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet
chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi.
Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil oʻzgarganda ham sodir
boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet
chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning oʻsishi,
real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi
n
A
A
A
A
,...,
,
,
3
2
1
holatlarga ketma-ket siljiydi (5.10-rasm).
8.1-rasm
. “Daromad-iste’mol” chizigʻi.
A
5
A
4
A
3
A
2
A
1
X
2
1
2
X
X
1
1
1
X
W
E
5
E
4
E
5
E
3
U
4
U
3
E
2
U
2
E
1
U
1
136
Daromadlarning oʻzgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi
holatdagi muvozanat nuqtalari oʻrnatiladi:
n
E
E
E
E
,...,
,
,
3
2
1
.
Ushbu
muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks
“daromad-iste’mol” chizigʻi deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda
“turmush darajasi” chizigʻi deb ham ataladi.
Agar “daromad-iste’mol” chizigʻi koordinata boshidan
0
45
burchak
ostidagi toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlsa, daromadning oʻsishi,
iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlari bir xil proporsiyada oʻsadi.
Agar iste’molchi ne’matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa,
W
chizigʻining yotiqligi oʻzgaradi. 8.2-rasmda tovarlar
sotib olish boshida
tez sur’atda oʻsadi, keyinchalik
X
1
tovarni sotib olish,
X
2
tovarga
nisbatan oshib boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi boʻlib
daromad
oʻzgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar
tarkibining daromadga nisbatan oʻzgarishini ifodalovchi chiziqlar,
Engel
egri chiziqlari deyiladi (8.3-rasm).
Gorizontal oʻq boʻyicha iste’molchi daromadi
R,
ordinata oʻqi
boʻyicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori
Q
belgilangan.