• RASM Keksalikdagi iste’mol Keksalikdagi iste’mol Yoshlikdagi iste’mol Yoshlikdagi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Iste’mol-jamgʻarish qarori 
     
    Bu cxizma iste’molchining turli yosh 
    davrlarida 
    iste’molga 
    qancha 
    sarflashini, befarqlik egri chizigʻini 
    va optimal nuqtasini koʻrsatib beradi 


    132 
    (b) qismda koʻrsatilgan holda dastlab gʻalati tuyulishi mumkin: Sem 
    jamgʻarmadan keladigan daromadning oshishi hisobiga kam jamgʻaradi. 
    Biroq, bu tuyulishi mumkin boʻlganidek oʻzgacha holat emas. Biz buni 
    yuqori foiz stavkasiga daromad va almashtirish ta’sirlari deb olgan holda 
    uni tushunishimiz mumkin. 
    Birinchi boʻlib almashtirish taʼsirini koʻrib chiqaylik. Foiz stavkasi 
    oshsa, yosh boʻlgandagi isteʼmolga nisbatan qarigandagi isteʼmol 
    arzonroq boʻladi. Shuning uchun, almashtirish taʼsiri Semni yoshlikda 
    kamroq isteʼmol qilib, qariganda koʻproq iste’mol qilishga undaydi. 
    Boshqa soʻzlar bilan aytganda, almashtirish taʼsiri Semni koʻproq 
    jamgʻarishga undaydi. 
    Endi daromad taʼsirini koʻramiz. Foiz stavkasi koʻtariladigan boʻlsa, 
    Sem yuqoriroq befarqlik egri chizigʻini tanlaydi. U oldingiga qaraganda 
    endi yaxshiroqdir. Modomiki har ikki davrda ham isteʼmol normal 
    tovarlardan iborat boʻlar ekan, uning farovonlikning bu ortishidan 
    foydalanish istagi ikki davrda yuqoriroq isteʼmoldan bahramand etadi. 
    RASM 
    Keksalikdagi 
    iste’mol 
    Keksalikdagi 
    iste’mol 
    Yoshlikdagi 
    iste’mol 
    Yoshlikdagi 
    iste’mol 
    1. Yuqori foiz stavkasi 
    byudjet chizig’ini yuqoriga 
    aylantiradi 
    1. Yuqori foiz stavkasi 
    byudjet chizig’ini yuqoriga 
    aylantiradi 
    2… natijada yoshlikdagi
    iste’molni kamaytirib, 
    koʻproq jamg’aradi 
    2… natijada yoshlikdagi
    iste’molni oshirib, 
    kamroq jamgʻaradi 
    Ikkala cxizmada ham qiziqishning ortishi byudjet chizigʻini oldinga siljitadi. (a) 
    panelda iste’molchi iste’mol yoshlikda kamayib, qariganda ortadi. Natijada 
    yoshlikdagiga qaraganda jamgʻarish ortadi. (b) panelda iste’mol ikkala davrda ham 
    oʻsadi. Natijada yoshlik payti jamgʻarma kamayadi. 


    133 
    Boshqa soʻzlar bilan aytganda, daromad taʼsiri kamroq jamgʻarishga 
    undaydi. 
    Natija daromad va almashtirish taʼsiriga bogʻliq. Agar yuqori foiz 
    stavkasining almashtirish taʼsiri daromad taʼsiridan kattaroq boʻlsa, Sem 
    koʻproq jamgʻaradi. Agar daromad taʼsiri almashtirish taʼsiridan 
    kattaroq boʻlsa, Sem kam jamgʻaradi. Shunday qilib, isteʼmolchi tanlovi 
    nazariyasi foiz stavkasining oʻsishi jamgʻarmani ragʻbatlantiradi yoki 
    qaytaradi deydi. 
    Bu noaniq natija iqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan qiziqarli 
    boʻlsa-da, u iqtisodiy siyosat nuqtayi nazaridan hafa boʻladigan hol. Bu 
    soliq siyosatidagi muhim masala jamgʻarma foiz stavkasiga javoban 
    qanday boʻlishidir. Baʼzi iqtisodchilar dividend va boshqa kapital 
    daromadga soliqlarni kamaytirishni qoʻllab-quvvatladilar, bunday 
    siyosat oʻzgarishi soliqdan keyingi foiz stavkasini oshirishi va 
    jamgʻaruvchilarni jamgʻarmaga ragʻbatlantiradi degan fikrni ilgari surdi. 
    Boshqa iqtisodchilar daromad va almashtirish ta’sirini siljitgani uchun
    bunday soliq oʻzgarish jamgʻarmani oshirmaydi va hatto uni kamaytiradi 
    deb daʻvo qildilar. Afsuski, ilmiy-tadqiqot foiz stavkalari jamgʻarmaga 
    qanday taʼsiri haqida bir toʻxtamga olib bormadi. Natijada, soliq 
    siyosatida oʻzgarishlar, aslida, jamgʻarmani ragʻbatlantirish maqsadida 
    moʻljallangan edimi yoki yoʻqmi degan iqtisodchilar oʻrtasida 
    kelishmovchilikka olib bormoqda. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish