• Ish joyi 1-natija Kvadratik chetlanish 2- natija Kvadratik chetlanish
  •  Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet86/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    9.2. Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat 
     
    Yuqoridagi misolda koʻrdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan 
    daromad 4500 soʻmni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka 


    149 
    borishga moyil boʻlmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun 
    deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan 
    bogʻliq. Endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har bir natijaga 200 
    soʻmdan qoʻshaylik. Unda kutiladigan natija 4500 soʻmdan 4700 soʻmga 
    oshadi. 
    Quyidagi 9.3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan. 
    Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 soʻm. 
    Dispersiya =2250000 soʻm. 
    Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija = 4500 soʻm. Dispersiya 
    = 9900 soʻm. 
     
    9.3- jadval 
    Ish joyi 
    1-natija 
    Kvadratik 
    chetlanish 
    2-
    natija 
    Kvadratik 
    chetlanish 
    Birinchi 
    6200 
    2250000 
    3200 
    2250000 
    Ikkinchi 
    4510 
    100 
    3510 
    980100 
    Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan 
    yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yoʻqotish) bilan bogʻliq. Qaysi ish 
    joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning oʻziga 
    bogʻliq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikga ega boʻlsa ham 
    kutiladigan 
    daromad 
    yuqoriroq 
    boʻlgan 
    ish 
    joyini 
    tanlaydi, 
    konservativroq (oʻzgarishlardan oʻzini olib qochuvchi) shaxslar 
    kutiladigan daromad kamroq boʻlsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan 
    bogʻliq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi. 
    Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq 
    qiladi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi boʻyicha uch turga 
    boʻlinadi: tavakkalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka 
    borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan 
    insonlar. 


    150 
    Tavakkalchilikga qarshi boʻlgan inson deganda shunday inson 
    tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan 
    bogʻliq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun koʻradi. Agar 
    tavakkalchilikka qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan 
    daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol 
    qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz 
    iste’molchining tavakkalchilik bilan bogʻliq daromadining naflik 
    darajasi bilan qanday bogʻliq ekanligini koʻrishimiz mumkin (9.1-rasm). 
    Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka 
    ega ekanligini koʻramiz. Rasmdan koʻrish mumkinki, har bir birlik 
    qoʻshimcha daromadga toʻgʻri keladigan qoʻshimcha naflik daromad 
    oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, (20-30 ming soʻmlik 
    daromad oraligʻidagi har ming soʻm daromadga 0,8 birlik naf toʻgʻri 
    kelsa, 31-ming soʻmlik daromadga 0,6 naf birligi toʻgʻri kelayapti). 
    Chekli 
    naflikni 
    kamayishi 
    insonlarda 
    tavakkalchilikka 
    salbiy 
    munosabatni kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka 
    borishga 
    moyillikning 
    yoʻqligi 
    koʻpchilik 
    insonlarga 
    xosdir. 
    Tavakkalchilik ular uchun ogʻir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum 
    kompensatsiya boʻlgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish