• Tavakkalchiliklarni qoʻshish
  • Tavakkalchilikni taqsimlash
  • Tovarlarni sotishdan tushgan daromad




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Tovarlarni sotishdan tushgan daromad. 
    Tovarlar turi 
    Yoz fasli 
    Qish fasli 
    1-tur (muzqaymoq) 
    6 mln. soʻm 
    1 mln. soʻm 
    2-tur (issiq choy) 
    1 mln. soʻm 
    6 mln. soʻm 
    Firma oʻz ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida 
    ikkinchi tur tovar hisobidan yoʻqotadigan daromadini birinchi tur tovarni 
    koʻproq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi 
    yoʻqotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Koʻrinib turibdiki firma 
    diversifikatsiya yoʻli bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, 
    diversifikatsiya tavakkalchilikni toʻliq yoʻqotmaydi, u faqat kamaytiradi 
    xolos. 
    Tavakkalchiliklarni 
    qoʻshish 
    – 
    ushbu 
    usul 
    tasodifiy 
    yoʻqotishlarni oʻzgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni 
    kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, mulkning oʻgʻirlanishi, shaxsning 
    kasal boʻlib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning boʻlishi tasodifiy boʻlib 
    ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush 
    hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sugʻurtaning ahamiyati katta.
    Oʻzbekistonda ham hozirgi vaqtda koʻpgina insonlar oʻz 
    hayotlarini, mulkini sugʻurtalaydilar. Sugʻurta ishlarini yoʻlga qoʻyish 
    uchun respublikada maxsus qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat 
    va nodavlat sugʻurtalash firmalari faoliyat koʻrsatmoqda. 
    Sugʻurtalashda tavakkalchilikni qoʻshish samaradorligi shu bilan 
    belgilanadiki, sugʻurtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga 
    bogʻliq boʻlmasligi kerak. 
    Tavakkalchilikni taqsimlash – ushbu usulga koʻra zarar koʻrish 
    ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi 


    154 
    subyektlar oʻrtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir 
    subyektning kutiladigan yoʻqotishi nisbatan kichik boʻladi. 
    Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari 
    katta masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan 
    qoʻrqmasdan moliyalashtiradilar. 
    Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima 
    uchun deganda, axborotning yetishmasligi notoʻgʻri qaror qabul qilishga 
    olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri 
    boʻlib, uni olish uchun haq toʻlash kerak, ya’ni axborot olish xarajat 
    bilan bogʻliq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. Shuning uchun 
    ham kerakli boʻlgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning 
    chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib koʻrish kerak boʻladi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish