158
Ma’naviy tavakkalchilik (yoʻqotish) – yoʻqotishlar sugʻurta
kompaniyasi tomonidan toʻliq qoplanishiga
ishonib vujudga kelishi
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga
intiluvchi shaxslarning xatti-harakati.
Insonlar oʻz
hayotini, mulkini sugʻurtalagandan keyin, oʻzining
hayotiga, mulkining saqlanishiga koʻpincha befarq qaray boshlaydilar.
Ular
sugʻurtalashgacha
qilinadigan
ehtiyot-choralarni
bajarmay
qoʻyadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson oʻzini
sugʻurta qilgan voqea-hodisalarning sodir boʻlish ehtimolini oshishiga
olib keladi.
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sugʻurta
haqi olish maqsadida,
ongli ravishda oʻzining eski uyini yoqadi,
mulkini yaroqsiz holatga
keltiradi va hatto oʻz qarindoshlarini oʻldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yoʻqotishlarni quyidagi yoʻllar orqali kamaytirish
mumkin:
*
sugʻurtalanadigan shaxslarni
yaxshiroq tekshirish, mijozlarni
yoʻqotishlari boʻyicha klassifikatsiya qilish asosida sugʻurta badalini
differensiatsiyalash (ya’ni, yoʻqotishi yuqori boʻlgan shaxs
uchun yuqori
sugʻurta badali belgilash);
*
yuqori yoʻqotishga ega boʻladigan shaxslar bilan sugʻurta
shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil
haydaydigan shaxslar);
*
yoʻqotishni qisman qoplash sharti bilan sugʻurtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yoʻqotish yoʻllari