165
ustun, demak A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikka ega boʻlgan
xohishi.
Lekin, tasavvur qilingki, keyinchalik
hokim ovoz beruchilardan A
yoki C ni tanlashni soʻrasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishdi, C bu
holatda ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B
dan ustun, B esa C dan ustun, C esa Adan ustun. Odatda biz afzalliklarni
ketma-ketlik (transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B
esa C dan ustun, va ikkisi A ni C dan ustunligini koʻrsatadi. Kondorset
paradoksi esa aynan shu xususiyatlarni demokratik yoʻl bilan qabul
qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi.
Juftlik
bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda jamiyat uchun ketma-ketlikda
tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi,
ammo bizning holatimizda bu
notoʻgʻri yoʻldir.
Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikni tuzilishi,
berilgan ovozlar natijasiga ta’sir koʻrsatishidadir. Agar hokim birinchi
boʻlib ovozga A va B ni qoʻysa, va keyin yutganini C bilan ovozga
qoʻysa C gʻolib chiqadi. Ammo birinchi boʻlib
B va C ni ovozga
qoʻyilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qoʻysa, A
yutadi. Va shunga oʻxshash hollar, birinchi A va C, keyin esa B boʻlsa,
shahar B ni tanlaydi.