Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

10.3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish 
 
Ishlab chiqarish va uning xarajatlari toʻgʻrisida gapirganda, ular 
qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish 
muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech 
boʻlmaganda birontasini ham oʻzgartirib boʻlmaydigan vaqtga aytiladi. 
Shu vaqt davomida oʻzgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab 
chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish 
yoʻnalishini oʻzgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi 
zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-
uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va 
undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga 
oʻzgartirish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt mobayniga aytiladi. 
Bunday omillar oʻzgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt 
davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan 
foydalanish intensivligini oʻzgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida 
esa ular zavodning quvvatini ham oʻzgartirishi mumkin. Barcha jalb 
etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati 
firmalarning uzoq vaqtga moʻljallangan yechimlari bilan bogʻliq boʻlib, 
bu yechimlar ma’lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-
kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq 
muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib 
sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki 
kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni 
tashkil etadi. 


186 
Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati oʻrtasidagi farqni 
oʻrganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona 
(birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik 
(dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot 
ishlab chiqarishni 90taga 
yetkazmoqchi. Mehnat 
sarflari 
30 
dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona 
mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 
dollarga teng. 
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham oʻzgarib turadigan 
ishlab chiqarish omillari boʻlgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni 
qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi 
mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan 
qoʻshimcha foydalanish bilan bogʻliq. Biroq, qisqa muddatli davr 
davomida biz ikkala omilni bir vaqtda qoʻllay olmaymiz. Demak, 90 
dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S 
nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sigʻimini 1dan 
Zgacha koʻpaytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning 
qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli 
xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq. 
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga 
keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni oʻzgartirishni 
rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 
55dan 90 donagacha koʻpaytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. 
Biroq, uzoq muddatli davrda agar ishlab chiqarish jarayoni ikki dona 
(birlik) kapital qoʻshimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. 
soatga pasayishi mumkin. 
Shunday qilib, bizning firmamiz qoʻshimcha kapitalga buyurtma 
beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona 
mahsulot ishlab chiqaradi. Qoʻshimcha kapital kelib qoʻshilgan vaqtda 


187 
firma oʻzi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani 
koʻpaytirishi mumkin. 
Bitta oʻzgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish 
Kapital qatʼiy belgilangan ishlab chiqarish omili boʻlib, mehnat esa 
oʻzgaruvchan hisoblanuvchi holatni koʻrib chiqamiz. Bu holda firma 
ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga 
koʻpaytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi 
fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (oʻzgarmas) miqdorda 
asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim 
tikish uchun oz yoki koʻp ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi 
yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal qilishingiz kerak. Bir 
qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot Q miqdori 
foydalaniladigan mehnat resurslari L oʻsgan sari qanday koʻpayishini 
(agar umuman koʻpaysa) bilish zarur. 
Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy boʻlgan 
sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi 
ustun — mehnat sarfi, ikkinchisi — kapitalning oʻzgarmas miqdori va 
uchinchisi — ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi noʻlga teng 
boʻlganda, ishlab chiqarish hajmi ham noʻl boʻladi. Mehnat sarfi sakkiz 
birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi oʻsib boradi. Bu nuqtadan 
yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qoʻshimcha 
mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq 
koʻrsatilgan bu nuqtadan keyin qoʻshimcha mehnat sarflari toʻla 
boʻlmay qoladi va samaraga qarshi boʻlib qolishi mumkin (yigʻish 
liniyasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi 
mumkin, biroq oʻn kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi). 


188 

Download 7,53 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish