184
joylashgan. Q
3
izokvant Q-dan yuqori va oʻng tomonda yotibdi, chunki
unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbati
berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan
mahsulot hajmidan
koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi.
Izokvantlar farqsizlik egri chizigʻiga oʻxshash, biz ulardan iste’mol
tanlovi nazariyasini oʻrganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizigʻi
iste’molni qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi,
izokvantlar esa mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻrsatadi. Biroq,
farqsizlik egri chizigʻidan farqli oʻlaroq har bir izokvant mahsulot ishlab
chiqarishning ma’lum darajasi bilan bogʻliq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri
chizigʻiga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi faqat tartib shaklida
e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik «yuqoriroq»
farqsizlik egri chizigʻi bilan bogʻliq. Biroq biz izokvant vositasida
mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini
aniqlash usuli bilan
naflilikning alohida darajasini oʻlchay olmaymiz.
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yigʻindisidan iborat boʻlib,
ularning har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal
mahsulot ishlab chiqarishni koʻrsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab
chiqarish funksiyasini ifoda etishning muqobil usuli boʻlib, xuddi
farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik funksiyalarini ifoda etuvchi
uslublardan biri hisoblanadi.
Izokvantlarning
cheksiz
miqdori
izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda
mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada
yuqoriga va oʻngga siljish bilan ortib boradi.
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish boʻyicha echimlarining
qanchalik moslashuvchan ekanligini koʻrsatadi. Koʻp
hollarda, firmalar
ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum
miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga erishishlari mumkin.
Firma
rahbari bunday moslashuvchanlikning tabiatini tushunishi zarur. Bu
185
rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday oʻzaro nisbatini tanlab
olish
imkonini
beradiki,
ular
ishlab
chiqarish
xarajatlarini
minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi.