chiqarish hajmiga ta’siri.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni qisqa muddatli davr oraligʻida
qoʻllanadi, chunki bu oraliqda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish
omili oʻzgarmay qoladi. Qonun chegarali mahsulotning kamayishini
tasvirlaydi, lekin bu manfiy miqdorga tushib qolishi shart emas.
Masalan, 10.3-rasmda kamayib boruvchi qaytim qonuni mehnat sarflari
192
3 va undan koʻproq birlikda boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida
qoʻllanishi mumkin, biroq chegarali mahsulot mehnat sarflari 8 birlikdan
oshmaguncha manfiy boʻlmaydi.
Aytilgan qonunni ishlab chiqarishning ma’lum texnologiyasida
qoʻllash mumkin. Biroq, vaqti kelganda, kashfiyotlar va boshqa
texnologik yangiliklar 10.2-rasmdagi mahsulot ishlab chiqarish egri
chizigʻining butunlay koʻtarilishiga olib kelishi mumkin va shunday
qilib, mavjud kiritilgan omillar oʻzgarmagan holda koʻproq mahsulot
ishlab chiqarish mumkin. Bunday imkoniyatni 10.3-rasm koʻrsatib
turibdi.
Dastlab ishlab chiqarish egri chizigʻi O, sifatida berilgan, ammo
texnologiyaning takomillashuvi egri chiziqni 0
2
egri chizigʻi tomon
yuqoriga siljitadi, texnologiyaning yanada takomillashuvi uni 0
3
egri
chizigʻiga aylantiradi.
Faraz qilaylik, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnat
miqdori koʻpaygandan keyin ma’lum bir vaqt oʻtgach texnologik
takomillashtirish amalga oshiriladi. Oqibatda, mahsulot ishlab chiqarish
A dan (O, egri chizigʻida mehnat xarajatlari 8 birlikka teng boʻlgan
holatdan) V ga (02 egri chizigʻida mehnat xarajatlari 9 birlikka teng
boʻlgan holatga) va S ga (03 egri chizigʻida 10 birlikda mehnat
xarajatlari boʻlgan holatga) aylanadi. A dan V va S ga tomon
harakatlanish mahsulot ishlab chiqarishning koʻpayishini mehnat
xarajatlari koʻpayishi bilan bogʻlaydi, shuning uchun ham bunda
kamayib boruvchi qaytim qonuni amal qilmaganga oʻxshaydi. Biroq,
amalda bu qonun bajariladi. Mehnat xarajatlari 8 birlikdan ortiq
boʻlganda har bir alohida egri chiziq jonli mehnatdan foydalanish
keltirayotgan qaytim kamayishini namoyish etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish egri chiziqlarining siljishi kamayib
boruvchi qaytim qonuni harakatini ifodalaydi va bu qonun iqtisodiy
193
oʻsishga uzoq muddatli davrda salbiy ta’sir koʻrsatmasligi taxmin
qilinadi.
Mehnat unumdorligi
Biz ayrim vaqtlarda oʻrtacha mehnat mahsuli toʻgʻrisida
gapirganda sanoatga yoki butun iqtisodiyotga taalluqli mehnat
unumdorligini tilga olamiz. Mehnat oʻrtacha mahsuloti mehnat sarflari
birligiga ishlab chiqarilgan mahsulotni ifodalaydi. Shuning uchun ham
sanoatning barcha tarmoqlarida, shuningdek, alohida tarmoq esa
unumdorlikni uzoq muddatli davrga tatbiqan qiyoslash foydali, nisbatan
oson ish (chunki umumiy mehnat sarflari va mahsuloti hamda ishlab
chiqarishning umumiy hajmi sizga kerak boʻlgan birdan bir
ma’lumotdir). Ustiga-ustak mehnat unumdorligi koʻrsatkichi nihoyatda
muhim, chunki u alohida mamlakat aholisining real turmush darajasini
ifodalaydi.
Mehnat unumdorligi bilan turmush darajasi oʻrtasida oddiy
bogʻliqlik mavjud. Har qanday yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va
koʻrsatilgan xizmatlarning jami qiymati — toʻlovlar tarzidagi barcha
ishlab chiqarish omillari uchun berilgan toʻlovlar tarzidagi qiymatga
tengki, bunga ish haqi, ijara haqi va firmaning foydasi ham kiradi.
Oqibatda bu toʻlovlar yigʻindisi, ularning shaklidan qatʼiy nazar,
jamiyat tomonidan ishlatiladi. Bas shunday ekan, iste’molchilar
oʻzlarining iste’mol darajasini uzoq muddatli davrda faqat ishlab
chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdorini koʻpaytirish hisobigagina
oshirishlari mumkin.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, Qoʻshma Shtatlarda aholi jon boshiga
mahsulot ishlab chiqarish boshqa rivojlangan mamlakatlardagiga
qaraganda birmuncha yuqori. Ammo, urushdan keyingi davrda namoyon
boʻlayotgan ikki tamoyil e’tiborni oʻziga tortadi. Birinchidan, AQShda
mehnat
unumdorligining
oʻsish sur’atlari boshqa rivojlangan
mamlakatlarga qaraganda sekin boʻlgan, ikkinchidan, keyingi 15—20
194
yilda mehnat unumdorligi barcha rivojlangan mamlakatlarda avvalgi
davrga nisbatan sezilarli darajada past boʻlgan.
Mehnat
unumdorligi
oʻsishining
eng
asosiy
manba’i
jamgʻarilayotgan kapitalning oʻsishidir. Uning koʻpayishi uskunalarning
miqdor va sifat oʻzgarishini anglatadi va shu sababli har bir ishchi bir ish
soati mobaynida koʻproq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega
boʻladi.
Mehnat unumdorligining oʻsishi, shuningdek, iqtisodiyotning
xomashyo sektori bilan ham bogʻliq. Neft, tabiiy gaz va boshqa resurslar
kamayib borgani sari har bir ishchiga toʻgʻri keladigan mahsulot ishlab
chiqarish birmuncha pasayib boradi. Bu hol atrof-muhit muhofazasi
toʻgʻrisida qonunchilik qabul qilinishi bilan yanada kuchayadi
Mehnat unumdorligining pastligi sabablaridan biri nisbatan past
malakali ish kuchidan foydalanish boʻlib, uni urushdan keyingi yillarda
tugʻilish darajasining yuqoriligi keltirib chiqargan edi. Bunday ahvol
sogʻliqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasiga oid hukumat
qarorlarining ba’zilari amalga oshishiga toʻsqinlik qilgan. Mehnat
unumdorligining oʻsish sur’atlari pastligining sabablari turlicha va
murakkab boʻlganligidan oldingi davrga qaytish bilan turmush
darajasining oʻsishiga erishib boʻlmaydi. Ammo istiqbol noaniq
boʻlmasligi kerak. Kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantiruvchi soliq siyosati
yordami bilan asosiy kapitalni koʻpaytirish mumkin. Mehnat
unumdorligining
oʻsishiga
koʻmaklashuvchi
tadqiqotlarni
va
ishlanmalarni ragʻbatlantirish uchun katga kuch-gʻayrat zarur.
Ikkita oʻzgaruvchan omil sharoitida ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish va unumdorlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik bilan
tanishib chiqqanimizdan keyin, endi firmaning uzoq muddatdagi ikki
omilli (bitta emas) ishlab chiqarish strategiyasini koʻrib chiqamiz.
Izokvant guruhlarining shakliga koʻra biz ishlab chiqarishning muqobil
variantlarini oʻrganib chiqa olamiz. 10.4-rasmdagi izokvantlar 10.1-
195
rasmdagilarning qayta koʻchirilgani. Ularning barchasi pastga tomon
ogʻadi, chunki mehnat va kapital ham musbat chegarali mahsulotga
egadir. U yoki bu ishlab chiqarish omilining katta boʻlishi mahsulot
ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Shuning uchun agar, mahsulot ishlab
chiqarish hajmini birdek ushlab turilsa, unda bir omildan qancha koʻp
foydalanilsa ikkinchi omil shuncha kam qoʻllanadi.
|