• 10.6 Koʻlam samarasi
  • Koʻlamning musbat va manfiy samarasi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    chiqarish funksiyasi 
    Shuningdek, L, da mehnat sarflari oʻzgarmas boʻlsa, kapitalning 
    koʻpayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini, oʻzgartirmaydi. Shunday 
    qilib, toʻgʻri burchakli izokvantlarning tik va yotiq qismlarida 
    mehnatning chegarali mahsuloti ham, kapitalning chegarali mahsuloti 
    ham noʻlga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish koʻpaysa, 
    ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda oʻzaro bogʻlanishi 
    A dan V ga oʻzgarsa, mahsulot chiqarish koʻpayishi mumkin. 


    200 
    Ishlab chiqarish omillari tarkibi oʻzgarmay (doimiy) qolgandagi 
    ishlab chiqarish funksiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma 
    ishlab chiqarish usulini tanlashi cheklangan boʻladi. 
    Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz 
    asboblari va hokazo) bilan mehnat (rejissyor, ijrochi va b.)ning ma’lum 
    nisbatda oʻzaro bogʻlanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini 
    koʻpaytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini koʻpaytirish kerak 
    boʻladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital 
    sarflarini koʻpaytirish murakkab, chunki ijrochi (aktyor)lar zaruriy 
    ishlab chiqarish omili hisoblanadi (ehtimol hayvonlar toʻgʻrisidagi 
    filmlar bundan mustasnodir. Xuddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan 
    almashtirish qiyin, chunki filmlar va spektakllarni qoʻyish juda 
    murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.
    10.6 Koʻlam samarasi 
     
    Firmaning uzoq muddatli strategiyasini tahlil qilish xususiy 
    tadbirkorlikdan to jamoat maktablarigacha, kommunal va xususiy 
    xizmat hamda korxonalar faoliyatini tartibga solish kabi vaziyatlar 
    uchun juda muhim. Masalan, oʻrta maktab ishini tahlil qilish shunday 
    xulosaga olib kelishi mumkinki, agar maktab tizimida uchta kichik, har 
    birida 1000 tadan oʻquvchi boʻlgan maktab oʻrniga bitga katta 3000 
    oʻquvchisi bor maktab boʻlsa, maktabda oʻqitish dasturlari samaraliroq 
    (fanlar koʻp va asbob-uskunalar hamda qoʻllanmalari yaxshi) boʻladi. 
    Telefon kompaniyalari faoliyatini oʻrganish asosida taxmin qilish 
    mumkinki, hududiy telefon kompaniyalari mahalliy telefon xizmatini 
    yagona milliy telefon kompaniyasiga qaraganda yaxshiroq koʻrsatishi 
    mumkin. Uzoq muddatli tahlilni firma faoliyati koʻlamidan boshlagan 
    yaxshiroq. Ishlab chiqarish hajmi koʻpayishi barcha omillardan 
    foydalanishga bogʻliqligi firmaning uzoq muddatdagi faoliyatidagi 


    201 
    ayrim xususiyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan ishlab chiqarish 
    omillari mutanosib tarzda oshganda firmaning mahsulot ishlab 
    chiqarishi qanday oʻzgaradi? 
    Masalan, agar omillardan foydalanish ikki baravar koʻpaysa 
    mahsulot ishlab chiqarish ham ikki marta koʻpayadimi yoki u koʻproq 
    yoki ozroq koʻpayadimi? Agar mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki 
    baravardan ortiq koʻpaysa (ishlab chiqarish omillari ikki marta 
    koʻpaygan holda), bunday oʻsish koʻlamning musbat samarasi deyiladi. 
    Ishlab chiqarish shuning uchun oʻsadiki, katta koʻlamdagi ishlab 
    chiqarish rahbarlarga va ishchilarga oʻz vazifalarini bajarishda 
    ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va yanada murakkabroq hamda 
    quvvatliroq asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatini beradi. 
    Avtomobil yigʻuv konveyerining ijobiy samarasi koʻlami mashhur misol 
    hisoblanadi.
    Daalat siyosatini ishlab chiqishda koʻlam musbat samarasini 
    hisobga olish zarur. Agar ijobiy musbat koʻlam samarasi amal 
    qilayotgan boʻlsa, unda mahsulot ishlab chiqaruvchi koʻpgina mayda 
    firmalardan koʻra (nisbatan koʻp sarfli) bitta yirik firmaga (nisbatan kam 
    xarajatli) ega boʻlish iqgisodiy jihatdan foydaliroq boʻladi. Bunday yirik 
    firma oʻzi belgilagan narxni nazorat qilishi mumkin va shu munosabat 
    bilan narxlarni tartibga solish uchun kompaniyalar faoliyatiga davlatning 
    aralashuvi kerak boʻlib qoladi. Masalan, elektr energiyasini ishlab 
    chiqarishda koʻlam ijobiy samarasi mavjudligi yirik energetika 
    kompaniyalari faoliyatini tartibga solib turishda davlatning aralashuviga 
    sabab boʻldi. 
    Ishlab chiqarish koʻlami oʻsishi ta’sir etishning ikkinchi toifasi 
    ishlab chiqarish omillari ikki marta koʻpayganda mahsulot ishlab 
    chiqarish hajmi ham ikki baravar oʻsishidir. Bunda, ishlab chiqarish 
    koʻlam samarasi oʻzgarmagan sharoitda amalga oshadi. Koʻlam 


    202 
    samarasi oʻzgarmas boʻlgan sharoitda firma faoliyatining miqyosi 
    foydalaniladigan omillar mahsuldorligiga ta’sir qilmaydi. Firmaning 
    ishlab chiqarish omillarining oʻrtacha va chegarali unumdorligi katta 
    korxonalar uchun ham, mayda korxonalar uchun ham oʻzgarmas boʻlib 
    qolaveradi. 
    Koʻlam 
    samarasi 
    oʻzgarmas 
    boʻlganda 
    ma’lum 
    texnologiyadan foydalanuvchi bitta zavodning oʻrniga, ikki marta koʻp 
    mahsulot ishlab chiqaradigan ikkita zavod qurish mumkin. Misol uchun, 
    yirik sayohat idorasi bir mijozga hisoblaganda kichik turistik korxonasi 
    bilan bir xilda sarflar va bir xil kapital (boshqaruv binosi) bilan mehnat 
    (xodimlari) nisbatiga ega boʻlishi mumkin. 
    Nihoyat, ishlab chiqarish omillari ikki baravar koʻpayganda 
    mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 martadan kamroq oʻsishi mumkin. 
    Bunday holatda biz manfiy (teskari) koʻlam samarasiga duch kelamiz, 
    uni har qanday yirik firmalarda qoʻllash mumkin. Yirik firmalardagi 
    boshqaruv qiyinchiliklari va murakkab jarayonlarni amalga oshirishdagi 
    sarflar kapital va mehnat qaytimining pasayib ketishiga olib kelishi 
    mumkin. Shunday qilib, koʻlamning manfiy samarasi vazifalarni 
    uygʻunlashtirish muammolari va rahbariyat bilan ishchilar oʻrtasidagi 
    munosabatlarning ta’minlanishi bilan bogʻliq. 
    Koʻlamning musbat va manfiy samarasi 10.8-rasmda koʻrsatilgan. 
    Ishlab chiqarish jarayoni kapital va mehnatdan ishlab chiqarish omili 
    sifatida foydalanish boʻlib, bunda 1 mashina-soat vaqtga 4 soat mehnat 
    sarfi toʻgʻri keladi. 
    OR taraladigan chiziqda mehnat bilan kapitalning turlicha 
    bogʻlanishini aks ettiradi, ulardan ishlab chiqarish omillari oʻzgarmas 
    nisbatini ta’minlagan holda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanish 
    mumkin. 
    OA kesmasida koʻrsatilganidek, nisbatan katta boʻlmagan hajmda 
    mahsulot chiqarish uchun ishlab chiqarish funksiyasi musbat koʻlam 


    203 
    samarasini namoyish etadi. Ishlab chiqarish omillari nisbati — 5 soat 
    mehnat va 1 soat mashina vaqti boʻlganida (chizmaning pastki qismida 
    koʻrsatilgandek) 10 birlik mahsulot ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish 
    omillari ikki baravar koʻpayganda mahsulot chiqarish 3 marta (Yudan 
    30 gacha) koʻpayadi.
    10.8-rasm. Koʻlamning musbat va manfiy samarasi 
    Ishlab chiqarish omillari yarmiga koʻpayganda (mehnat 10 dan 15 
    gacha va mashina vaqti 2 dan 3 gacha) mahsulot ishlab chiqarish 2 marta 
    koʻpayadi (30 dan 60 birlikkacha). 
    AR kesmada koʻrsatilganidek, nisbatan katta hajmda mahsulot 
    chiqarish uchun ishlab chiqarish funksiyasi manfiy koʻlam samarasini 
    namoyish etadi. Omillar nisbati U

    gacha koʻtarilganda (mehnat 15 dan 
    20 soatgacha) va mashina vaqti (3 dan 4 soatgacha) koʻpayganda 
    mahsulot ishlab chiqarish faqat 1/6 gacha (60 dan 70 donagacha) 
    koʻpayadi. 
    Ishlab chiqarish omillari 50%ga (mechnat 20 dan 30 soatgacha) va 
    mashina vaqti 4 dan 6 soatgacha koʻpayganda mahsulot ishlab chiqarish 
    a (70 dan 80 donagacha) oʻsadi, xolos 


    204 
    Rasmdan koʻrinadiki, koʻlam samarasi musbat boʻlganda agar 
    foydalanilgan omillar mutanosib oshsa izokvantlar bir-biriga juda 
    yaqinlashadi. Ammo, koʻlam samarasi manfiy boʻlganda izokvantlar bir-
    biridan uzoqlashadi, chunki borgan sari koʻproq miqdorda ishlab 
    chiqarish omillari kerak boʻladi. Koʻlam samarasi oʻzgarmas boʻlganda 
    izokvantlar teng masofada joylashgan boʻladi (6.9-chizmaga qarang). 
    AQShda va butun dunyoda firmalar uchun koʻlam samarasi muhim 
    ahamiyatga ega. Boshqa tamoyillarni hisobga olmaganda koʻlam 
    samarasi katta boʻlgan sanoat tarmoqlarida yirik firmalar faoliyat 
    yurgizadi. Odatda sanoatning ishlab chiqaruvchi tarmoqdari xizmat 
    koʻrsatuvchi soha tarmoqlariga qaraganda katta koʻlam samarasiga ega 
    boʻladi, chunki firmalar eng samarali faoliyat yuritishi uchun ishlab 
    chiqarishdagi asbob-uskunalarga yirik miqdorda kapital qoʻyish kerak 
    boʻladi 
    Xizmat koʻrsatuvchi soha tarmoqlari sermehnat boʻlganlari uchun 
    odatda ham katga hajmdagi, ham kichik hajmdagi sarflarning samarali 
    boʻlishini ta’minlaydilar. 
    Koʻpchilik ishlarda (kitoblarda) «ishlab chiqarish koʻlami oʻsishi 
    bilan bogʻliq boʻlgan tejash» tushunchasini «koʻlam samarasining oʻsib 
    borish» tushunchasiga sinonim sifatida foydalaniladi. Biroq, birinchi 
    tushunchani qoʻllash mumkin, qachonki, firmaning faoliyat qoʻlami 
    oʻsib borsa va unga etarli vaqt (aytaylik bir yoki ikki yil) berilsa, toki u 
    kiritiladigan omillarni almashtirish yoʻli bilan ishlab chiqarishni 
    arzonlashtira olsin. Koʻlam samarasi ishlab chiqarishni kengaytirish 
    bilan bir xil boʻlishi mumkin, qachonki kiritilayotgan omillar mutanosib 
    ravishda oʻzgarmasdan qolsalar. Shunday qilib, firma barcha omillarni 
    ikki martadan kamroq oshirib mahsulot ishlab chiqarishni ikki marta 
    koʻlaytirishi mumkin. Bu bilan, koʻlam samarasining oshib borishiga 
    erishish mumkin. 


    205 
    Ishlab chiqarish koʻlamini oʻstirish orqali erishilgan tejam 
    tarkibiga demak, alohida holat sifatida oshib borayotgan koʻlam 
    samaradorligi kiradi. Biroq, umumiyroq shaklda koʻlam samaradorligi 
    mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarishi bilan barcha kiritilgan 
    omillarning oʻzaro nisbati oʻzgarishiga yoʻl beradi. Ishlab chiqarish 
    funksiyasi foydalanilgan ishlab chiqarish omillarining har bir muayyan 
    nisbati mavjud boʻlganda firma ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan 
    mahsulot hajmini ifodalaydi. 
    Izokvanta egri chiziq boʻlib, ma’lum hajmda mahsulot ishlab 
    chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish omillarining ma’lum 
    nisbatda oʻzaro bogʻlikdigini koʻrsatadi. Firmaning ishlab chiqarish 
    funksiyasi gurli darajada ishlab chiqarish hajmi bilan bogʻliq boʻlgan bir 
    guruh izokvantlar bilan berilishi mumkin. 
    Qisqa muddatli davrda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish 
    omili oʻzgarmay (doimiy) qoladi, uzoq muddatli davrda esa barcha 
    ishlab chiqarish omillari oʻzgaradi. 
    Oʻzgarib turuvchi bir omil vositasida (mehnat bilan) amalga 
    oshgan ishlab chiqarishni mehnatning oʻrtacha mahsuloti (oʻrtacha 
    ishchining mehnati unumdorligini aks ettiruvchi) va mehnatning 
    chegarali mahsuloti (bu ishlab chiqarish jarayoniga qoʻshilgan oxirgi 
    ishchining mehnat unumdorligini aks ettiruvchi) tushunchalaridan 
    foydalangan holda ifodalash mumkin. 
    Bir yoki undan koʻp ishlab chiqarish omillari doimiy boʻlganda 
    oʻzgarib turuvchi omil (odatda mehnat sarflari) chegarali mahsulotga 
    ega boʻlishi zarur, bu esa oʻzgarib turuvchi omildan foydalanish oʻzgarib 
    borgan sari qisqaradi. Kamayib boruvchi qaytim qonuni ishlab chiqarish 
    jarayonida chegarasi mahsulotning kamayib borishini bildiruvchi 
    umumiy tendensiyani aks ettiradi. 


    206 
    Izokvantlar hamma vaqt pastga ogʻgan boʻladi, chunki barcha 
    ishlab chiqarish omillarining chegarali mahsulotlari musbatdir. Har bir 
    izokvantning shakli uning har bir nuqtasida texnik oʻrnini bosishning 
    chegarali me’yori vositasida koʻrsatilishi mumkin. Mehnatni kapital 
    bilan texnologik almashtirishning chegarali me’yori (MRTS) shunday 
    miqdorki, qoʻshimcha mehnat birligi foydalanilgan vaqtda unga teng 
    miqdorda kapital sarflari kamayishi mumkin, mahsulot ishlab chiqarish 
    esa oʻzgarmasdan qolaveradi. MRTS firmaning bir ishlab chiqarish 
    omilini boshqalari bilan almashtirish imkoniyatlarini koʻrsatadi. 
    Mamlakat aholisining turmush darajasi shu mamlakatdagi mehnat 
    unumdorligi 
    darajasi 
    bilan 
    chambarchas 
    bogʻliq. 
    Rivojlangan 
    mamlakatlarda mehnat unumdorligi oʻsishi sur’atlarining pasayishi, 
    qisman, kapital qoʻyishlarni yetarli ravishda oʻsmaganligi bilan 
    izohlanadi. 
    Har bir ishlab chiqarish funksiyasi uchun ishlab chiqarish 
    jarayonida bir ishlab chiqarish omilini boshqasi bilan almashtirish 
    imkoniyati turlicha: bu omillarni almashtirish imkoniyati nihoyatda 
    mukammal boʻlgan funksiyadan tortib, to ishlab chiqarish omillaridan 
    foydalanish nisbatlari oʻzgarmaydigan funksiyagacha (omillardan 
    foydalanish tarkiban oʻzgarmagan holda ishlab chiqarish funksiyasi) 
    boradi. 
    Uzoq muddatli taxdilda biz e’tiborni firma faoliyatining zarur 
    boʻlgan koʻlamini yoki miqyosini tanlab olishga qaratdik. Koʻlamning 
    oʻzgarmas samarasi shuni bildiradiki barcha ishlab chiqarish omillaridan 
    foydalanishning ikki baravar oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishning ikki 
    marta koʻpayishiga olib keladi. Koʻlamning musbat samarasi mahsulot 
    ishlab chiqarishning ikki martadan koʻproq oʻsganligini anglatadi, 
    koʻlamning kamayib boruvchi samarasi esa mahsulot ishlab chiqarishni 
    ikki baravardan kamroq oʻsganini anglatadi. 


    207 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish