189
Masalan, kapital miqdorga oʻzgarmagan holda ya’ni u 10 birlik
boʻlgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka koʻpaytirish mahsulot
hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qoʻshimcha ravishda 30 birlik
mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL
tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka koʻpayishi
natijasida ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi ya’ni AQ). Mehnat
chegarali mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bogʻliq.
Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha koʻpaysa, mehnat chegarali
mahsulotining koʻpayishi ehtimoli boʻladi. Oʻrtacha
mahsulot singari
chegarali mahsulot ham avval koʻpayadi, keyin esa pasayadi, biroq u
faqat mehnat sarflari 3 birlikdan oshgandagina pasaya boshlaydi.
Yakun chiqaramiz: Mehnat oʻrtacha mahsuloti = ishlab chiqarish
hajmi / mehnat sarflari = Q /L.
Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining
koʻpayishi / mehnat sarflarining koʻpayishi / AQ/AL.
10.2-jadvalda berilgan axborotning chizma tasviri hisoblanadi. Biz
rasmdagi barcha nuqtalarni yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 10.2-a
rasm ishlab chiqarish hajmi oʻsishini, biroq maksimum 112
birlikdan
iborat maksimumga yetmaganini va kelgusida pasayishini koʻrsatadi.
Ishlab chiqarish egri chizigʻining bu qismi uzuq-uzuq chiziq bilan
belgilangan boʻlib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori boʻlganda
ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini koʻrsatadi,
demak u ishlab chiqarish funksiyasining qismi hisoblanmaydi.
«Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi.
9.2-rasmda oʻrtacha va chegarali mahsulotlar egri chizigʻi ifodalangan.
Oʻrtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga
boʻlingan umumiy mahsulotdir. V nuqtada oʻrtacha mahsulot ishlab
chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga boʻlinmasini aks ettiradi, yoki
20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini
koʻrsatadi. Koʻrinadiki, ushbu oʻrtacha mahsulot umumiy mahsulot egri
190
chizigʻining dastlabki holatdan V nuqtasigacha boʻlgan egilishi bilan
oʻlchanadi. Umuman, oʻrtacha mahsulot
umumiy mahsulot egri
chizigʻining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlangʻich
nuqtadan to shu nuqtagacha boʻladi. Hatto yuzaki oʻrganish koʻrsatib
turibdiki, oʻrtacha mehnat mahsuli oʻzining maksimal miqdoriga V
nuqtada etadi. Bu nuqtada chiziq oʻzining dastlabki holatiga nisbatan
eng katta burilishga ega boʻlib, keyin pasayadi.
Mehnat chegarali mahsuli — bu umumiy mahsulotni kiritilgan
omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta boʻlmagan
oʻzgarishiga javoban siljishini ifodalaydi. Geometrik jihatdan chegarali
mahsulot, ishlab chiqarish egri chizigʻining qaysi bir nuqtasida mahsulot
chiqarish egri chizigʻining xuddi shu nuqtadagi egilish burchagiga teng.
Mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻining ogʻish burchagi oʻz
navbatida shu nuqta orqali oʻtkazilgan
urinma chiziqning egilish
burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20
birlikka teng boʻladi, chunki urinma chizigʻining burchak koeffitsiyenti
mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan 20ga teng. Urinma
chiziqlarni mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan burchak
koeffitsiyentlarini oʻrganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab
oʻsib borishi, mehnat sarflari 3 birlik boʻlganda oʻzining choʻqqisiga
chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha
siljigan sari pasayib
borishini koʻramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlashadi,
urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan
egilishi Oga teng va chegarali mahsulot ham Oga teng boʻladi. Bu
nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni
Mehnat chegarali mahsulining (kiritiladigan boshqa omillarning
chegarali mahsuli ham) kamayib borishi anchagina kuchli boʻlgani
uchun uni ifodalashda kamayib boruvchi qaytim qonuni iborasidan tez-
tez foydalaniladi.
191
Kamayib boruvchi qaytim qonuni biron ishlab chiqarish omilidan
foydalanish koʻpayib borgan sari (boshqa omillar oʻzgarmagan holda),
pirovard natijada shunday nuqtaga yetib borilishi
va unda shu omildan
qoʻshimcha
foydalanish
mahsulot
ishlab
chiqarish
hajmining
pasayishiga olib kelishini bildiradi.
Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalaniladigan boʻlsa
(kapital oʻzgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina boʻlsa-da,
oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada
koʻpaytiradi, chunki ishchilar qoʻshimcha ravishda ixtisoslashish
imkoniyatiga ega boʻladilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi
qaytim qonuni oʻz kuchini koʻrsatadi. Agar
ishchilar soni ortiqcha
koʻpayib ketsa, ayrim ish jarayon (tur)lari samarasiz boʻlib qoladi va
mehnat chegarali mahsuli kamayadi.
Vaqtdagi mehnat xarajatlari
10.3-rasm
Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab