• Texnik oʻrnini bosishning chegarali (marginal) me’yori
  • Ishlab chiqarish omillari eng maqbul oʻrin almashganda
  • Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    10.5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi 
     
    Har bir izokvantning burchak koeffitsiyenti, mahsulot ishlab 
    chiqarish hajmi oʻzgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining oʻrnini 
    ikkinchisi qanday qilib bosishini koʻrsatadi. Burchak koeffitsiyentining 
    mutlaq koʻrsatkichi texnologik oʻrnini bosishning chegarali me’yori 
    deyiladi(MRTS). 
    Kapitalni — mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab 
    chiqarishda bitga qoʻshimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga 
    kapital qisqartirilishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu koʻrsatkich, iste’mol 
    nazariyasida esga olingan chegarali oʻrnini bosish me’yori (MRS)ra 
    oʻxshashdir. 
    MRS kabi MRTS ham hamisha musbat koʻrsatkich hisoblanadi. 
    Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining 
    oʻzgarishi / mehnat sarflarining oʻzgarishi, yoki 
    MRTS = - LK /AL, 
    bunda AK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va 
    mehnatning katta boʻlmagan oʻzgarishini ifodalaydi. 
    Ta’kidlash joizki, 105.5-rasmda mehnat sarflari 1 dan 2 birlikka 
    koʻpaygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida boʻlganda 
    texnologik oʻrnini bosish me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat 
    sarflari 2 dan 3 birlikka koʻpayib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha 
    kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha koʻp mehnat 
    oʻrnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past boʻladi, kapitaldan 


    196 
    foydalanish esa samaraliroq boʻladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab 
    chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni 
    minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis 
    tus oladi. 
    Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda boʻladi, ya’ni MRTS 
    izokvant boʻylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik oʻrnini 
    bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining 
    ishlatish samaradorligi cheklanganligini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish 
    jarayonida kapitalning oʻrnini koʻproq mehnat bosishi uning 
    unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning oʻrnini 
    koʻproq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish 
    uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur. 
    Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL 
    va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bogʻliq. 
    Buni koʻrish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz 
    koʻpaytirilgan va kapitaldan foydalanish miqdori bir oz kamaytirilganda 
    mahsulot 
    ishlab 
    chiqarish 
    hajmi 
    oʻzgarmay qoladi. Mehnat 
    xarajatlarining koʻpayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning 
    oʻsishi qoʻshimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) 
    toʻgʻri keladigan qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishni qoʻshimcha 
    mehnat birligi koʻpaytmasiga teng.
    Xuddi shunday tarzda foydalanilgan kapitalni kamaytirish 
    natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi — bu kapital birligiga 
    hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali 
    mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga koʻpaytmasiga teng: 
    kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi = (MRK) 
    (DK) boʻladi. 
    Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy 
    qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi noʻlga 
    teng boʻladi. 


    197 
    10.5-rasm. Texnik oʻrnini bosishning chegarali (marginal) me’yori 
    Shunday qilib: 
    (MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0 
    Endi, shartlarni oʻzgartirgan holda, koʻramizki: 
    (MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (6.2.) 
    Tenglama (10.2.)dan koʻrinib turibdiki, alohida izokvant uchun 
    ishlab chiqarish jarayonida kapitalning oʻrnini mehnat bosishi chegarali 
    kapital chegarali mahsulotini koʻpaytiradi va mehnatning chegarali 
    mahsulotini kamaytiradi. Ikkala oʻzgarishning umumiy natijasi, bu 
    texnik oʻrnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvantlarning 
    tenglashish holatidir. 
    Ishlab chiqarish funksiyalari — ikki alohida holat. 
    Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning oʻrnini boshqasi bosish 
    imkoni 
    chegaralarini 
    hisobga 
    olish 
    uchun 
    ishlab 
    chiqarish 
    funksiyasining ikkita alohida holatidan foydalanish mumkin. 10.6-
    rasmda koʻrsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-
    birining oʻrnini bosadi. 
    Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqtalarida doimiy 
    (oʻzgarmas). Bu holatda bir miqdordagi mahsulot faqat mehnat bilan, 


    198 
    faqat kapital bilan yoki har ikkalasi oʻzaro bogʻliq holda ishlab 
    chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat 
    kapital hisobiga (A nuqtada), faqat mehnat hisobiga (S nuqtada) yoki
    10.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul oʻrin almashganda 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish