Nazorat savollari
1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab
chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish.
2. Ishlab chiqarish omillari va ularning turlari.
3. Ishlab chiqarish funksiyasi tushunchasi.
4. Izokvanta tushunchasi.
5. Izokvantalar kartasi va uning xususiyatlari.
6. Qisqa va uzoq muddatlardagi ishlab chiqarish.
7. Bir oʻzgaruvchan omil (mehnat) asosida ishlab chiqarishni
tashkil etish.
8. Ishlab chiqarish omillarining oʻzaro almashuvi.
9. Ishlab chiqarish omillari sarfini minimallashtirish.
10. Minimallashtirish masalasini grafik usuldagi yechimi va
optimallik sharti.
208
XI BOB ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
11.1. Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda
Iqtisodchilar odatda yuqori darajada foyda olishni koʻzlab ishga
kirishadi va ular koʻp hollarda qobilyatli ishchilar topishga harakat
qiladilar.
Firmaning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishlaridan kelgan
tushumlari yigʻindisini umumiy daromad deb ataladi. Ishlab
chiqarishni tashkil etish uchun resurslarni sotib olishga toʻlanadigan
firma toʻlovlari yigʻindisi umumiy xarajat deyiladi. Firma olgan
daromad faqatgina uning xarajatlarini qoplashi kerak degani emas,
chunki u oʻz ish faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etadi. Foyda
bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirmasiga teng:
Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat
Firmaning maqsadi oʻz foydasini iloji boricha koʻproq qilishdir.
Firmaning yuqori darajada foyda olishini koʻrib chiqishimiz uchun,
biz uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob-kitob
qilishimiz kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma
ishlab chiqaradigan mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga
koʻpaytirish natijasidir. Agar firma 10000 ta mahsulot ishlab chiqarsa,
har bir mahsulotni 2$ dan sotsa, u 20000$ umumiy daromad oladi.
Firma oʻz xarajatlarini hisoblaganda, iqtisodiyotning oʻnta
tamoyillaridan birini hisobga olishiga toʻgʻri keladi, yaʼni biror
narsaning qiymati unga erishish uchun nimadandir voz kechishdir. Bu
mahsulotning muqobil qiymati deb ham nomlanadi, ya’ni bu oʻsha
birlikni qoʻshib olish uchun voz kechilishi shart boʻlgan narsalarning
hammasi, deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab chiqarish
209
xarajatlari haqida soʻz yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni
muqobil xarajatlarini ham inobatga oladilar.
Ba’zi firmalarning muqobil xarajatlari ochiq oydin koʻzga
tashlanib turadi, boshqalarniki esa, aksincha. Masalan, firma oʻzi uchun
zarur boʻlgan mahsulot uchun $1000 toʻlaydi, bu $1000 muqobil xarajat
hisoblanadi, chunki firma yana biror narsa sotib olish uchun ushbu
$1000dan boshqa foydalanmaydi. Shuningdek, firma sifatli mahsulotlar
ishlab
chiqarish
uchun
malakali
ishchilarni
ishlatadi,
firma
xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi.
Firmaning muqobil xarajati firmaning toʻlovlarini toʻlashi uchun kerak
boʻladi va bu yaqqol xarajatlar deyiladi.
Taqqoslab qaraydigan boʻlsak, firmaning ba’zi muqobil xarajatlari
noyaqqol xarajatlar deb nomlanadi va ular qoʻshimcha toʻlovini talab
qilmaydi. Tasavvur qiling, firma xoʻjayini kompyuter mutaxassisi va har
bir dastur uchun soatlik toʻlovi 100$ga teng. Har soat uchun firma
xoʻjayini oʻzining firmasida ishlaydi, u daromaddan 100$dan hisoblaydi,
va bu ham xarajatlarning bir qismi boʻlib hisoblanadi. Firmaning
umumiy xarajati yaqqol va noyaqqol xarajatlar yigʻindisidan iborat.
Yaqqol va noyaqqol xarajatlar oʻrtasidagi farq iqtisodchi va
hisobchilar biznesni qanchalik darajada tahlil qilishidek muhim tafovut
singari hisobga olinadi. Iqtisodchilar firmaning narxlar belgilashdagi
qaror qabul qilishga va mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganishga
qiziqadilar. Chunki, bu qarorlar har ikkala yaqqol va noyaqqol
xarajatlarga asoslanadi, iqtisodchilar firma xarajatlarini hisob-kitob
qilishda ikkalasini ham hisobga oladilar. Taqqoslaydigan boʻlsak,
hisobchilar firmaga kiradigan va chiqadigan yaqqol xarajatlarni
hisoblaydilar. Natijada noyaqqol xarajatlar hioblanmasdan qoladi.
Yuqorida keltirilgan firmani oladigan boʻlsak, iqtisodchilar va
hisobchilar oʻrtasidagi farq osongina koʻrinib turadi. Firma xoʻjayini
210
kam pul keltiradigan kompyuter dasturchiligidan voz kechdi, uning
hisobchisi buni firma xarajatlarini hisoblashda inobatga olmaydi,
chunki, unga toʻlanadigan xarajat firmaning tashqarisiga chiqib
ketmaydi. Bu hech qachon hisobchining moliyaviy holatini koʻrsatib
bermaydi. Iqtisodchi boʻlsa, har qanday kirim-chiqim xarajatlarini
hisoblaydi, chunki bu qaror muhokamasi firmaga katta foyda keltiradi.
Misol uchun, firma xoʻjayini kompyuter dasturchining maoshini 100$
dan 500$ga koʻtarsa, u soatiga maoshining anchagina yuqoriligi uchun
unumli ishlashi va toʻliq vaqtini kompyuter dasturchiligida davom
ettirishi mumkin.
Deyarli har bir biznesning muhim noyaqqol xarajatlari bu
investitsiya qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning muqobil
qiymatidir. Misol uchun, taxmin qilish mumkinki, firma xoʻjayini
oʻzining firmasini tashkil qilish uchun oʻz fondidan $300000 ishlatdi.
Agar firma xoʻjayini pulini 5foizli omonat qoʻyganida edi, u har yili
$15000 dan mablagʻga ega boʻlardi. Uning maqsadi firmasiga
xoʻjayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan $15000dan voz kechdi.
$15000 firma xoʻjayinining noyaqqol muqobil xarajatlari hisoblanadi.
Iqtisodchi va hisobchilar oʻrtasidagi farqni chuqurroq oʻrganadigan
boʻlsak, uncha katta boʻlmagan narsalardan boshlaymiz. Tasavvur
qilaylik, hozir firma xoʻjayini bu firmani sotib olish uchun $300000
sarflamadi, ammo, oʻrniga $200000ni bankka 5 foizli omonatga qoʻydi
hamda $100000ni oʻz shaxsiy jamgʻarmalari uchun ishlatdi. Firma
xoʻjayinining faqatgina yaqqol xarajatlarini hisobga oladigan hisobchisi,
har yili bank krediti boʻlgan $10000ni hisobladi, ya’ni bu firmaning
chiqib ketadigan summasining yigindisi hioblanadi.
Biroq iqtisodchilar fikriga koʻra, biznes boshlash uchun muqobil
xarajat haligacha $15000, ya’ni kamida $15000siz biznes boshlab
boʻlmaydi. Muqobil qiymat bankdan olingan qarzning foizi $10000 va
211
jamgʻarmadagi mablagʻdan olinishi mumkin boʻlgan foiz $5000
yigindisiga teng. Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodchilar va
hisobchilar qiymatni har xil oʻlchaydilar, shuningdek, ular foydani ham
har xil hisoblaydilar. Iqtisodchi firmaning umumiy daromadidan
sotiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ketgan barcha
xarajatlarni ayirish orqali firmaning iqtisodiy foydasini hisoblaydi.
Hisobchi firmaning foydasini aniqlash uchun firmaning umumiy
daromadidan faqatgina yaqqol xarajatlarini ayirib tashlaydi.
11.1-chizma bu farqni koʻrsatadi. Hisobchi noyaqqol xarajatlarni
hisobga olmagani uchun u hisoblagan foyda iqtisodchi hisoblagan
foydadan koʻproq boʻladi. Iqtisodchi nuqtayi nazaridan qaraganda,
biznes daromadli boʻlishi uchun umumiy daromad barcha ishlab
chiqarish xarajatlarini, ya’ni yaqqol va noyaqqol xarajatlarni qoplashi
kerak.
Iqtisodiy foyda bu muhim tushuncha, chunki, u firmani tovar va
xizmatlar yetkazib berishga undaydi, koʻrib turibmizki firma ijobiy
iqtisodiy foyda qilsagina, biznes dunyosida mavjud boʻladi. U barcha
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi va firma egalarini ragʻbatlantirish
Iqtisodchilar firmani
yuritishda qanday yoʻl
tutishadi
Buxgalterlar firmani
yuritishda qanday yoʻl
tutishadi
|