223
FORD mashina kompaniyasi kabi mashina
zavodi qisqa vaqt ichida
FORD uning mashina zavodlari hajmi yoki sonini oʻzgartira olmaydi.
Faqatgina u oʻzining oldindan mavjud boʻlgan zavodlariga qoʻshimcha
ishchi xodimlar olish yoʻli bilangina u ishlab chiqarayotgan mashinalar
sonini koʻpaytirishi mumkin. Bu zavodlarning
xarajatlari qisqa muddat
ichida oʻzgarmaydi, biroq bir necha yil davomida FORD yangi zavodlar
qurib yoki eskilarini yopib zavodlar hajmini koʻpaytirishi mumkin.
Shuning uchun uzoq muddat ichida uning zavodlari xarajatlari
oʻzgaruvchandir.
Koʻpgina loyihalar qisqa muddat ichida oʻzgarmas,
uzoq muddat
ichida oʻzgaruvchanligi sababli, firmaning qisqa muddatdagi xarajat egri
chizigʻi darajasi uzoq muddatdagidan farq qiladi. 11.6-chizmada bunga
bir misol berilgan.
Chizmada kichik, oʻrta va katta zavodlar uchun 3 ta
qisqa muddatli oʻrtacha umumiy xarajat darajasi berilgan. Unda
shuningdek, uzoq muddatli xarajat darajasi berilgan,
zavod xarajatlari
ishlab chiqarish xarajatlariga moslashtirilgan.
Bu chizma qisqa va uzoq muddatli xarajatlar bilan bogʻliqdir. Uzoq
muddatli oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻi qisqa muddatli oʻrtacha
umumiy xarajatga qaraganda, ancha U shaklida egilgandir. Qoʻshimcha