220
shaklda. Nega bunday ekanini tushuninsh uchun oʻrtacha umumiy
xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat yigʻindisiga
tengligini yodda tutish kerak. Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat doim ishlab
chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat koʻplab
sohalarga
yoyiladi. Oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish ortishi bilan
ortadi.
Oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha
oʻzgaruvchan xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning
juda past darajalarida, misol uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot
boʻlsa, oʻrtacha umumiy xarajat juda yuqori boʻladi. Oʻrtacha
oʻzgaruvchan xarajat past boʻlishiga qaramay, oʻrtacha oʻzgarmas
xarajat yuqori, chunki oʻzgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka
orttiriladi. Ishlab chiqarish oʻsishi bilan oʻzgarmas xarajat oshadi.
Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat
dastavval keskin darajada, keyinroq esa
sekinlik bilan pasayadi. Buning natijasi oʻlaroq, oʻrtacha umumiy xarajat
ham firma ishlab chiqarishi bir soatda besh dona mahsulot va bir birlik
mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi. Qachonki firma bir soatda olti
donadan koʻproq mahsulot ishlab chiqarsa, oʻrtacha oʻzgaruvchan
xarajatning oʻsishi yetakchi kuchga aylanadi va oʻrtacha umumiy xarajat
oʻsa boshlaydi. Oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar
oʻrtasidagi kurashning kuchi oʻrtacha
umumiy xarajatda U shaklini
yaratadi.
U-shaklining quyi qismi oʻrtacha umumiy xarajatni qisqartiradigan
miqdorda sodir boʻladi. Bu miqdor firmaning ba’zan
samarali hajmi
deb ataladi. Firma uchun samarali hajm soatiga 5 yoki 6 dona mahsulot
hisoblanadi. Agarda u bu miqdordan kamroq yoki koʻproq mahsulot
ishlab chiqarsa, uning oʻrtacha umumiy xarajati 1.30$ dan oshadi.
Mahsulot ishlab chiqarishni pastroq bosqichlarida oʻrtacha umumiy
xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi, chunki aralash xarajat juda ham
221
kam mahsulotga tarqaladi. Mahsulot
ishlab chiqarish yuqori
bosqichlarida oʻrtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi,
chunki qoʻshilgan mahsulotning foydasi sezilarli ravishda qisqargan.
Samaradorlik darajasida bu ikki kuchlar eng past
umumiy xarajat
yaratish uchun muvozanatlashtiriladi.
Chekli xarajat va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi bogʻliqlik.
11.4-chizmaga qarasak, dastavval gʻalati narsaga duch kelasiz.
Qachonki chekli xarajat oʻrtacha umumiy xarajatdan pastroq boʻlsa,
oʻrtacha umumiy xarajat tushayotgan boʻladi. Shuning aksi boʻlsa,
oʻrtacha umumiy xarajat oshadi. Firma xarajat chiziqlarining bu
xususiyati namunada foydalanilgan oʻziga xos rasmlarga oʻxshamaydi.
U hamma firmalar uchun toʻgʻri. Nima uchun bunday? Oʻrtacha xarajat
va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi aloqa muhim natijaga ega:
oʻrtacha xarajat chizigʻi oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻini oʻzining
eng pastki nuqtasidan kesib oʻtadi. Lekin ikki chiziq tutashgach,
sezilarsiz narx oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻidan tepaga koʻtariladi.
Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, oʻrtacha umumiy xarajat
ishlab chiqarishni bu darajasida koʻtarilishni boshlashi kerak.
Koʻpchilik
firmalarda
chekli
mahsulot
birinchi
ishchi
yoʻllanganidan keyin, darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish
jarayoniga bogʻliq holda, 1-ishchiga qaraganda 2- yoki 3- ishchida
koʻproq sifatli mahsulot boʻladi, chunki, ishchilar jamoasi topshiriqlarni
boʻlib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda unumliroq
ishlaydilar. Firmalar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan
oldin, oʻz tajribalarini oshirish uchun bu koʻrgazmalarni
namoyish
qiladilar. Oʻrtacha umumiy, oʻrtacha oʻzgarmas, oʻrtacha oʻzgaruvchan,
chekli xarajatlarni biron-bir firma misolida 5-chizmada, oʻrtacha
umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat (AFC), oʻrtacha
oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)larni oʻz ichiga
222
olgan holda koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish hajmi pasayganda chekli
mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi va diagrammada
chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot
qisqarishini tajriba qilganidan soʻng xarajatlar koʻtarila boshlaydi. Bu
oʻsish kombinatsiyasi keyinchalik chekli
mahsulotning qisqarishini, va
oʻrtacha-oʻzgaruvchan-xarajat diagrammasini hosil qiladi. Bizning
dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan, xarajatlar tebranishining
3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim:
Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan
birgalikda oshadi.
Oʻrtacha-umumiy-xarajat
“U”
shaklida
shakllanadi.
Chekli xarajatlar egri chizigʻi oʻrtacha
umumiy xarajat egri
chizigʻini minimum nuqtasidan kesib oʻtadi.