215
miqdori va uning umumiy xarajatlari qanchalik oʻzaro bogʻliqlikligini
koʻrsatadi.
Endi chizma (b) dagi umumiy xarajat egri chizigʻi bilan chizma (a)
dagi ishlab chiqarish funksiyasini taqqoslab koʻramiz. Bu egri chiziqlar
tanganing ikki tomoniga oʻxshaydi. Ishlab chiqarish hajmi ortganda,
umumiy xarajat egri chizigʻi koʻtariladi, undan
farqli ravishda ishlab
chiqarish funksiyasi pasayadi. Bu oʻzgarishlar bir xil sababga koʻra sodir
boʻladi. Yuqori ishlab chiqarish firma ishchilar bilan toʻla ekanligini
bildiradi, chunki har bir qoʻshilgan yangi
ishchi kamayib boruvchi
chekli mahsulot evaziga ishlab chiqarishga kamroq hissa qoʻshadi.
Bundan shuni koʻrish mumkinki, umumiy
xarajat kamayib boruvchi
chekli mahsulotga nisbatan teskari bogʻliqlikda boʻladi. Shu sababli
ishlab chiqarish funksiyasi nisbatan tekisroq.
Endi bu mantiqni
atroflicha koʻrib chiqamiz: firma ishchilar bilan toʻlgan boʻlsa,
qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish qoʻshimcha mehnat talab etadi va
bu juda qimmat. Shu sababli, qachonki ishlab
chiqarish hajmi yuqori
boʻlsa, umumiy xarajat ham yuqori boʻladi.