miqdori  Umumiy xarajat egri chizig




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

miqdori 
Umumiy xarajat egri chizig
ʻi
Bu yerda 2-jadval birinchi ustundan 
ishlab chiqarilgan mahsulot (gorizontal 
kesimda) va umumiy xarajat (vertikal 
kesimda) ikkinchi ustundan o
ʻrin olgan. 
2-cxizmadan 
ko
ʻrinib 
turganidek, 
umumiy xarajat egri chizig
ʻi kamayib 
boruvchi 
chekli 
mahsulot 
sababli 
mahsulot miqdori tezroq o
ʻsishni aks 
ettirgan.


217 
chiqarmasa, oʻzgaruvchan xarajat ham boʻlmaydi. Agar firma hech nima 
ishlab chiqarmasa oʻzgaruvchi xarajat 0, 1 dona mahsulot ishlab 
chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k. Firmaning 
umumiy xarajati doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga tengdir. 
2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi 
oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga teng. Firma xoʻjayini qancha 
mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Mazkur 
qarorning 
ahamiyati 
shundaki, 

ishlab 
chiqarish 
darajasini 
oʻzgartirganida uning xarajatlari qanday oʻzgaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi uchun xarajatni topish 
uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga boʻlamiz. 
Masalan, agar firma soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa, uning 
umumiy xarajati 3.80$ boʻladi va odatiy bir dona mahsulotning xarajati 
3.80/2 yoki 1.90 boʻladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga 
nisbati oʻrtacha umumiy xarajat deyiladi. Umumiy xarajat doimiy va 
oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi boʻlganligi uchun, oʻrtacha umumiy 
xarajat oʻrtacha doimiy va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga 
teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati oʻrtacha doimiy 
xarajat deyiladi. Oʻzgaruvchan xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati 
esa oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatni ifodalaydi. 
Garchi oʻrtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini koʻrsatsada, u 
ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday 
oʻzgarishini koʻrsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab 
chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan 
miqdorini koʻrsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, firma 
ishlab chiqarishni 2 donadan 3 donaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 
4.50$ga koʻtariladi. Shunday qilib uchinchi mahsulotning chekli xarajati 
4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq 
orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir 


218 
darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi oʻzgarishni 
ifodalaydi.
Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi 
mumkin. 
Oʻrtacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor 
ATC=TC/Q 
va 
Chekli 
xarajat=Umumiy 
xarajatdagi 
oʻzgarish/Miqdordagi 
oʻzgarish
MC=∆TC/∆Q 
Bu yerda belgisi, Grek harfi delta, oʻzgaruvchidagi oʻzgarishni 
ifodalaydi. Bu tengliklar qanday qilib umumiy xarajatdan oʻrtacha 
umumiy xarajat va chekli xarajatning olinishini koʻrsatadi. Tadbirkor 
menejerlar bozorga qancha mahsulot chiqarish borasida oʻylayotganlarida 
oʻrtacha umumiy xarajat va chekli xarajat tushunchalarini yodda saqlashi 
lozim. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish