225
Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda nimani tushunasiz?
2.
Umumiy xarajatga, oʻrtacha umumiy xarajatga
va chekli
xarajatga ta’rif bering. Ular orasida qanday bogʻliqlik bor?
3. Oʻrtacha xarajatlar qanday aniqlanadi va ularning qanday turlari
mavjud?
4. Chekli xarajatlar qanday aniqlanadi va uning grafigi qanday
koʻrinishga ega?
5. Chekli xarajatning va oʻrtacha
umumiy xarajatning egri
chiziqlarini biron-bir firma misolida chizib koʻrsating.
6. Chekli xarajatning va oʻrtacha umumiy xarajatning egri
chiziqlarining kesishgan joylari nima uchun kesishganini tushuntiring.
7. Qanday qilib va nima uchun firmaning oʻrtacha umumiy
xarajatining egri chizigʻi bir-biridan farq qiladi?
8. Iqtisodiy samara deganda nimani tushunasiz va uning qanday
turlari mavjud?
226
XII BOB. RAQOBATLASHGAN BOZORLARDAGI FIRMALAR
FAOLIYATI
12.1 Raqobat tushunchasi
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor
boʻladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday boʻlsa,
shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan
chiqishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab
chiqmaydi;
bozor subyektlari bozor toʻgʻrisida toʻliq
axborot olish
imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan
bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor
deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning
raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi
firma toʻgʻrisida
gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat
qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif
asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila
olmaydi:
P const
. (1)
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan
sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi
ulushi juda oz boʻlgani uchun ham u tovar narxini oʻzgartira olmaydi.
227
Mukammal raqobatlashgan bozorda
sotuvchilar ham xaridorlar
ham koʻp.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni
bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda
tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil boʻladi, sifatli tovarning
narxi sifati pastroq tovarning narxiga koʻra yuqori boʻladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad
)
(
TR
firma tomonidan
ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan
olgan daromadiga teng, ya’ni
umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini
)
(
Q
uning narxiga
)
(
P
koʻpaytmasiga teng:
TR
P Q
,
(2)
bu yerda
TR
yoki
R
-
umumiy daromad;
P
- narx;
Q
- sotilgan
ne’mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bogʻliq
boʻlganligi uchun, u
R Q
( )
koʻrinishida yoziladi.
Oʻrtacha daromad
(
)
AR
- sotilgan bir birlik mahsulotga toʻgʻri
keladigan daromaddir, ya’ni:
AR
TR
Q
P Q
Q
P
.
(3)
Chekli daromad (
MR
) - bu qoʻshimcha bir birlik ne’matni sotish
natijasida umumiy daromadning oʻsgan qismi
R Q
( )
, ya’ni:
MR
R Q
Q
d P Q
Q
P
Q
Q
P
( )
(
)
.
(4)
Demak, raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi oʻrtacha va chekli
daromadlar chizigʻi bilan ifodalanadi.
Agar abssissa oʻqi boʻyicha mahsulot miqdori
Q
ni va ordinat oʻqi
boʻyicha tovar narxini joylashtirsak, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik
gorizontal oʻqqa nisbatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq
raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma mahsulotiga boʻlgan
talab chizigʻini beradi (12.1-rasm).