Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Nazorat savollari 
 
1. Axloqiy xavf nima? Ish beruvchi bu muammoning 
qattiqqoʻllikni kamaytira oladigan 3 ta narsani izohlang. 
2. Noqulay tanlov nima? Noqulay tanlov muammosi boʻlishi 
mumkin boʻlgan bozorga misol keltiring. 
3. Xabar berish va tahrirlashni tushuntiring va har biriga misollar 
keltiring. 


177 
4. Condorcet paradoksini saylovining noodatiy xususiyati nima? 
5. Nega koʻpchilik qoidalar oʻrtacha saylovchilardan koʻra 
saylovchilarni xohishlarini hurmat qiladi? 
Ultimatum oʻyinini tasvirlang. Bu oʻyin odatiy iqtisodiy 
nazariyadagi qaysi holatni tasvirlaydi? Tajribalar bu vaziyatlarni 
tasdiqlaydimi? Izohlang.
 


178 
 
 
X BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI 
 
10.1. Ishlab chiqarish texnologiyasi. 
 
Soʻnggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’- 
molchilarning afzal koʻrishlari va xatti-harakatiga qaratdik. 
Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-
harakatini koʻrib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni 
samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati oʻzgarishi bilan ishlab 
chiqarish sarflarining oʻzgarishini koʻramiz. Shuningdek, firmalar va 
iste’molchilar qoʻllayotgan optimal yechimlar oʻrtasida oʻxshashlik 
borligini koʻramiz, iste’molchi xatti-harakatini oʻrganish bizga ishlab 
chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi. 
Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar (sarflar) 
nazariyasi markaziy oʻrin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, 
«Jeneral motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar 
bilan 
tanishib 
chiqamiz. 
Yigʻuv 
liniyalarining 
texnikaviy 
ta’minlanganlik darajasi qanday boʻlishi va uning yangi avtomobil 
zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar 
kompaniya ishlab chiqarishni koʻpaytirmoqchi boʻlsa, ishchilarni 
koʻproq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? 
Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar ishlab 
chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? 
«Jeneral motors» oʻzining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda 
qanday rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari 
qanday tarzda oʻzgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir 
koʻrsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qoʻllanib qolmasdan, 


179 
balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi, hukumatga 
qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir. 
Ushbu bobda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganib 
chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital 
kabilar)ning birgalikda amal qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va 
televizorlar) ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta 
bosqichda 
amalga 
oshiramiz. 
Birinchidan, 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyasini ishlab chiqarish funksiyasi shaklida tasavvur etamiz. 
Keyin, ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanib firmada ishlab 
chiqarish omillari oʻzgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday 
oʻzgarayotganligini koʻrsatamiz. 
Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz. 
Firma ishlab chiqarish hajmini uning koʻlami oshgan sari koʻpaytiruvchi 
texnologik afzalliklar mavjudmi? 
Shuningdek, biz koʻp tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham 
oʻrganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari 
har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) 
uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qanday joylashtirishini 
koʻrishimiz mumkin. 
Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni toʻgʻrisidagi 
empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining oʻsishi 
natijasida mahsulot tannarxining pasayishi toʻgʻrisidagi axborotni 
qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini koʻramiz. 
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar 
ishlab chiqarish omillarini qoʻllaydilar, bular, shuningdek, jalb 
etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, 
non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari 
boʻlmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, 
shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qoʻyilgan 


180 
kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda 
foydalanadi. 
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va 
kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni 
oʻz ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat 
sigʻimi koʻrsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muhandislar), 
ham malakasiz mehnat (qishloq xoʻjaligi ishchilari)ni, shuningdek, firma 
rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. 
Poʻlat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar 
borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan 
materiallar hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar 
kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va 
pirovard mahsulot yaratish oʻrtasidagi oʻzaro munosabat ishlab chiqarish 
funksiyasi orqali ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har 
biri alohida nisbatda qoʻllanganda Q mahsulotni maksimal ishlab 
chiqarishini koʻrsatadi. 
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va 
kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funksiyasini 
Q = F(L,K) 
(6.1) 
tarzida yozishimiz mumkin. 
Tenglamadan koʻrinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki 
ishlab chiqarish omilining miqdoriga bogʻliq. Masalan, ishlab chiqarish 
funksiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya 
va yigʻuv konveyerida band boʻlgan muayyan miqdordagi mehnat 
resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar 
maksimal sonini aniqchash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo 
sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda 
band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab 


181 
chiqarish funksiyasi yordamida aniqpash mumkin. Demak, ishlab 
chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun 
ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi. 
Masalan, vinoni koʻp mehnat talab qiluvchi qoʻlda tayyorlash 
usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan 
foydalanib koʻp kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. 
Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, 
mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini oʻzaro 
bogʻlanishning turli usullari toʻgʻrisidagi muayyan bilimga ega boʻlgan 
holat uchun) qoʻllash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari 
takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab 
chiqarish omillarini qatʼiy belgilangan tarkibda koʻpaytirishi mumkin. 
Ishlab chiqarish funksiyasi nuqtayi nazaridan «mahsulotni 
maksimal ishlab chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish funksiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish 
jarayonlariga 
yoʻl 
qoʻymaydi 
— ular firmalarning iqtisodiy 
samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish 
omillarining har qanday oʻzaro bogʻlanishidan maksimal darajada 
samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funksiyalari ishlab chiqarish 
omillarining oʻzaro ma’lum nisbatda boʻlishi mahsulotni maksimal 
ishlab chiqarilishiga erishish bilan bogʻliq boʻlgani uchun, hech qachon 
mahsulot 
ishlab 
chiqarishni 
pasaytiruvchi 
kombinatsiyalar 
qoʻllanilmaydi. 
Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb oʻylash 
hamma vaqt ham haqiqatga toʻgʻri kelavermaydi, lekin shuni kutish 
mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon 
resurslarni behuda sarflamaydi. 
Koʻpgina savollarni koʻrib chiqishda biz firmalar bitta aniq 
mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz. 


182 

Download 7,53 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish