170
Yana bir holat mavjuddir. Unda, ovoz
beruvchilarni ikki xili
mavjud. Masalan, pulni park qurishga sarflashni xohlovchilar 40% va
pulni umuman sarflanishini xohlamaganlar 60%. Bu holatda, oʻrta ovoz
beruvchilar mavjud emas. Demokratiyada ham shunday, kompramisga
kelish oʻrniga, koʻpchilik qoidasi qollaniladi va oʻrta
ovoz beruvchilar
har doimgday oʻzi istaganiga erishishadi.
Siyosatchilar ham odamlar
Iqtisodisodchilar iste’molchilar xulqini oʻrganganida, ular xaridor
oʻziga eng katta naflilik darajasini beradigan
tovar yoki xizmat turini
tanlaydi deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini
oʻrganadigan boʻlsa, u firmalarni eng katta
daromad olib keladigan
xizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi deb faraz qiladi. Nima deb
oʻylaysiz, iqtisodisodchilar, siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday
qilib oʻrganishadi?
Siyosatchilar ham oʻz maqsadlariga ega.
Siyosatchilar xalqning
faravonligi va tinchligini oʻylab yashashadi va tenglikga harakat
qilishadi deb faraz qilsak yaxshi boʻlardi. Yaxshi boʻlardiyu, ammo
haqiqatga yaqin emas. Xaridorlar va firmalar
kabi siyosatchilar uchun
oʻzining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar,
yana bir bor
saylanish umidida xalqqa jon kuydirib qattiq harakat qiladi. Ba’zi bir
siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab, nafsdir.
Agarda bunga qarshi
boʻlsangiz, dunyoning qashshoq davlatlariga nazar tashlang va u yerda
korrupsiyani oddiy holga aylanib qolganini koʻrasiz.
Bu kitob siyosiy nazariyalarni oʻrganib
chiqmaydi, ammo shuni
aytib oʻtish kerakki, barcha qabul qilinadigan
qonunlar odamlar
tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi ham jamiyatni oʻylab
qabul qilishmagan boʻlishi mumkin.