Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar toʻgʻrisida, tovarni 
ishlab chiqaruvchi firmaning nomi toʻgʻrisidagi axborotlar, tovar 
markasi, firma belgisi, firmaning obroʻi, tovar sifati va kafolati 
toʻgʻrisidagi axborotlar bozor signallari boʻlib xizmat qiladi va bu 
signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz 


159 
sotib olmoqchi boʻlgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab 
chiqaradigan firmaning mahsuloti boʻlsa, siz mahsulotni yoʻqotishsiz 
sotib olasiz. 
Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi 
uchun reklamaga mablagʻ sarflashlari mumkin. Oldingi boʻlimda 
koʻrganimizdek, talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli 
darajada ekanligini bilishlari uchun oliy oʻquv dargohlarini diplomini 
olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali 
nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi 
odamning qobiliyatlari mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini 
koʻrsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha koʻrinishi 
mumkin biroq tashqi koʻrinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda 
ham xabardor taraf (firma, talaba), xabardor boʻlmagan tarafga (xaridor, 
ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif 
qilayotganlari haqida xabar berishmoqda.
Biror-bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak 
boʻladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin boʻlganida 
hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. 
Xuddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti 
boʻlgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali boʻlishi kerak. 
Oʻzga holda barcha signalni ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani 
bildirmay qoʻyadi. 
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor koʻrib chiqamiz. Reklama 
holatida, sifatli mahsuloti boʻlgan firma reklamaga pul ketkazib yanada 
koʻproq daromad koʻradi, chunki mahsulotni bir bor ishlatib koʻrgan 
iste’molchi uni yana sotib olish ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun 
yaxshi mahsulotga ega firmaga signal (reklama) uchun mablagʻ sarflash 
foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida xabar 
beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak boʻladi. Ta’lim misoliga 


160 
kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga 
qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini toʻlash, ishga 
oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot 
sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻladi.
Dunyo signallarga toʻlib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda 
ba’zida “televizorda koʻrganingizdek” yozuvi boʻladi. Nega jurnalda 
reklamasi bor firma bu faktga urgʻu bermoqchi boʻladi? Bunga sabab 
korxona qimmat signaldan (televizorda) foydalanayotgani sizga uning 
mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi 
shu sababga koʻra nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni oʻz 
rezumyelarida aks ettirishadi. 
 
Keys stadi. Sovgʻalar signallar oʻrniga 
Bir bola oʻz yoqtirgan qiziga qanday sovgʻa olishni oʻylayapti. 
“Bilaman” deydi u oʻziga, “men unga naqd pul beraman. Uning didini 
oʻzichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa oʻzi xohlagan narsani sotib 
oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa boʻladi. U meni sevmas ekan 
deb oʻylab, munosabatlarni tugatadi. 
Oʻylab qarasak sovgʻa berish bu gʻalati odat. Misolimizdagi yigit 
aytganidek odamlar oʻz didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq 
biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovgʻaning bir shakli deb 
qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz 
oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. 
Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuvchi odam 
shunday qilsa umuman boshqacha boʻladi. 
Sovgʻa berishning bir talqini u oʻzida asimmetrik ma’lumot va 
signalni saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz 
bilmoqchi boʻlgan shaxsiy ma’lumoti bor: Haqiqatdan ham u qizni 
sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovgʻa tanlashi bu uning signali. Sovgʻa 


161 
tanlash pul bergandan koʻra signal boʻlish uchun toʻgʻriroq 
xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi 
shaxsiy ma’lumotga asoslangan (qanchalik sevishi). Agar yigit 
haqiqatdan ham qizni sevsa, toʻgʻri sovgʻa tanlash oson boʻladi, chunki 
u qiz haqida koʻp oʻylaydi. Agar uni sevmasa toʻgʻri sovgʻa tanlash 
qiyinroq boʻladi. Shunday qilib toʻgʻri sovgʻa tanlash uning sevgisi 
haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yoʻli. Pul berish esa u 
hatto sovgʻa tanlashga harakat qilmaganini koʻrsatadi. 
Signal nazariyasining sovgʻa berish bilan bogʻliqligini yana bir 
kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim boʻlgan odatlar haqida 
koʻproq qaygʻurishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda 
nomaʼqul harakat. Lekin kollej oʻquvchilari ota-onalaridan chek 
olganlarida ular kamdam-kam xafa boʻlishadi. Ota-ona muhabbati 
shubhada boʻlishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni 
e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish