Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
9.4. Asimmetrik axborotlashgan bozor. 
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda 
mashhur hazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida oʻzaro 
qanday muomalada boʻlishlarini koʻrsatuvchi haqiqat bor. Hayotda 
koʻpincha bir odam atrofda nima boʻlayotganini boshqasidan koʻra 
koʻproq biladi. Hozirgi hodisaga taalluqli boʻlgan turlicha bilimlar farqi 
axborot asimmetriasi deyiladi. 
Misollar. Ishchi oʻz ish beruvchisiga qaraganda oʻz ishiga qancha 
kuch ketishini koʻproq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga 
qaraganda mashinaning holati haqida koʻproq ma’lumotga ega. 
Birinchisi yashirin faoliyatga misol boʻlsa, ikkinchisi yashirin tavsifga 
misol boʻla oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega boʻlmagan taraf 
(ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega 
boʻlgan taraf (ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi 
mumkin. 


155 
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin 
oʻn yilliklarda uning ta’sirini oʻrganish uchun juda koʻp kuch sarflashdi. 
Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor subyektlari 
oʻrtasida boʻladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim 
axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal boʻlishi tovarlar narxi 
va tovar toʻgʻrisida qanchalik toʻgʻri axborot berishi bilan bogʻliq. 
Raqobatlashgan bozorni qaraganimizda biz axborotni simmetrik 
ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilar axborot 
bilan toʻliq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday holatda narxlar 
sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari toʻgʻrisida toʻliq axborot 
beradi. Aniq va toʻliq axborotning boʻlishi bozordagi ne’matlarning 
optimal taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay 
boshqacha. Sotuvchilar oʻz tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu 
axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham 
oʻzlarining bozordagi xatti-harakatlarini yashirib, har xil yoʻl bilan 
savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor 
narxi oʻzida juda koʻp axborotni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni 
bozor qatnashchilari qancha toʻliq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun 
shuncha samarali boʻladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda koʻradi. 
Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar 
asimmetrik (toʻliq) boʻlmaganligi uchun bozor mexanizmi ham yetarli 
darajada mukammal emas. 
Haqiqatdan 2001-yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari 
boʻlgan uchta iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Joʻzef Stiglitz) 
larga aynan shu yoʻnalishdagi ilk qadamlari uchun ushbu mukofot 
berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi tushunchalarni koʻrib 
chiqamiz. 
 


156 
Yashirin faoliyat: prinsipal-agent,
agent va ma’naviy tavakkalchilik 
 

Download 7,53 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish