Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 


171 
9.6. Xulq-atvor iqtisodiyoti
 
Iqtisodiyot odamni xatti-harakatini oʻrganadi, lekin bu oʻsha 
tasdiqni qiluvchi yagona soha emas. Ijtimoiy fan psixologiyasi odamlar 
hayotlarida qiladigan tanlovlarga ta’sir koʻrsatadi. Iqtisodiyot va 
psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda davom etadi, chunki ular 
turli savollar doirasiga oʻz e’tiborlarini qaratishgan. Lekin oxirgi paytda 
iqtisodchilar asosiy psixologik qarashlarni tushuntirishayotgan xulq-
atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo boʻldi. Keling ulardan 
ba’zilarini koʻrib chiqamiz. 
 
Odamlar har doim ham ratsional emaslar 
Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab 
joylashtiradi, ba’zida u Homo ekonomicus deb ataladi. Bu tur a’zolari 
har doim ratsionaldir. Firma menejeri sifatida ular foydani 
maksimallashtiradi, 
iste’molchi 
sifatida 
ular 
naflilikni 
maksimallashtiradi. Ular duch keladigan toʻsiqlarni inobatga olib, ular 
ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har 
doim eng munosib yoʻlni tanlaydilar. 
Haqiqiy insonlar Homo sapienslardir. Garchi ular koʻp jihatdan 
ratsional insonga oʻxshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar 
ancha murakkab hisoblanadi. Ular ta’sirchan, sarosimaga tushuvchi
emotsional va kaltabin boʻlishadi. Odam fikr yuritishidagi bu 
kamchiliklar psixologlar uchun asos boʻlib hisoblangan lekin 
yaqingacha ularga e’tibor berishmagan. 
Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan boʻlib 
oʻrgangan Gerbert Simon odamlarga ratsional maksimalistlar sifatida 
emas, balki qoniquvchilar sifatida qarashni taklif qilgan. Har doim eng 
yaxshi yoʻnalishni tanlagandan koʻra, ular shunchaki yaxshi boʻlgan 
qarorni qabul qilishadi. Shuningdek, boshqa iqtisodchilar odamlar faqat 


172 
“ratsionalga yaqin” yoki ular cheklangan ratsionallikka ega deb taxmin 
qilishadi. 
Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari odamlar qiladigan doimiy 
xatolarni ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar: 
- Oʻziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta sonli 
savollar berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, 
Shimoliy Amerikadagi eng baland togʻning balandligi va hokazo… 
- Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor 
berishadi. Tasavvur qiling, siz X markadagisi. 
- mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini 
bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan koʻrib 
chiqilgan xaridor hisobotini oʻqiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi 
bor doʻstingiz yoniga borasiz va u sizga uning mashinasi boʻlmagʻur 
ekanini aytadi. Doʻstingizni fikriga qanday munosabat bildirardingiz? 
Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat sizning sinov 
koʻrsatkichlaringizni 1000 ta dan 1001 ta ga koʻpaytirganiga tushinib 
yetasiz. Lekin doʻstingiz hikoyasi ishonarli boʻlgani uchun siz qaror 
qabul qilishda bunga koʻproq e’tibor berasiz. 
Fikrlarini ozʻgartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar oʻzlari 
allaqachon ega boʻlgan fikrlarini isbotlab berishga oʻrganib qolishgan. 
Bir kuzatuvda subyektlardan jinoyatchiga oʻlim jazosi berilishi kerakmi 
yoʻqmi degan kuzatuv hisobotlarini oʻqish va unga baho berish soʻraldi. 
Oʻqib boʻlishgach, boshidanoq oʻlim jazosini tanlagan insonlar 
oʻzlarining fikrlarida qat’iy qolishgan va boshidanoq oʻlim jazosiga 
qarshi boʻlganlar ham oʻzlarining fikrlarida qolishgan…. 
Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida oʻylang. 
Bulardan ba’zilarini koʻrsatib bera olasizmi? 
Axloqiy namuna 401(k) rejasini ya’ni ba’zi firmalar oʻz ishchilariga 
taklif etadigan pensiya fondi soligʻini oʻrganishda yuzaga keladi. Ba’zi 
firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani toʻldirish orqali 


173 
tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda ishchilar toʻgʻridan-toʻgʻri qabul 
qilinishadi va anketa toʻldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. 
Bu koʻpchilik ishchilar 1-holatdan koʻra 2-holatda qatnashishni 
koʻrsatadi. 
Agar 
ishchilar 
mukammal 
ratsional-maksimalistlar 
boʻlishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni 
bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini 
tanlagan boʻlardilar.

Download 7,53 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish