Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Adolat haqida qaygʻuradigan insonlar 
Insonlar fe’l-atvorini tushunishda ultimatum oʻyin deb ataluvchi 
tajribani misol qilib koʻrsatamiz. Oʻyin bunday boʻlsin: 2 nafar 
koʻngillilarga (bir-biriga mutlaqo begona boʻlgan) bir oʻyin oʻynashni 
va umumiy holda 100$ yutib olishlari mumkinligi aytiladi. Oʻyin 
koʻngillilarni A oʻyinchiga va B oʻyinchi rollariga belgilash uchun tanga 
tashlash bilan boshlanadi. A oʻyinchining vazifasi 100$ ni oʻzi va 
boshqa ishtirokchi oʻrtasida taqsimlashni taklif etishdir. A oʻyinchi 
oʻzining taklifini bildirgandan soʻng, B oʻyinchi bunga rozi boʻladimi 
yoʻqmi qaror qiladi. Agar B oʻyinchi taklifni rad etsa, ikkala oʻyinchi 
ham hech narsasiz qolishadi. Ikkala holatda ham oʻyin tugaydi. 
Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima 
qilishingizni oʻylab koʻring. Agar A oʻyinchi boʻlganingizda 100$ni 
qanday boʻlishni taklif etardingiz? Agar B oʻyinchi boʻlganingizda 
qanday taqsimotga rozi boʻlardingiz? 
Odatdagi iqtisodiy nazariyalar bu vaziyatdagi ratsional odamlarni 
yirik maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga 
olib keladi: A oʻyinchi oʻzi 99$ va B oʻyinchi 1$ olishini taklif etishi 
lozim va B oʻyinchi taqsimotga rozi boʻlishi lozim. Bitta taqsimot 
bajarilgandan soʻng, B oʻyinchi toki undan nimadir olishni bilsa, uni 
qabul qilishga imkoni mavjud boʻladi. Bundan tashqari A oʻyinchi 
taqsimotga rozi boʻlish B oʻyinchining foydasiga ekanini biladi va A 
oʻyinchida 1$ dan koʻp taklif qilishga sabab yoʻq. Oʻyin nazariyasining 


174 
tilida (17-bobda yoritilgan) 99-1 taqsimot bu Nash muvozanati 
hisoblanadi. Tajribali iqtisodchilar toʻgʻri odamlardan ultimatum oʻyinni 
oʻynashni soʻrashganlaridan beri natijalar bu bashoratdan farqlanadi. B 
rolidagi insonlar odatda ularga faqatgina 1$ berishgani yoki shunga 
oʻxshash kam mablagʻ berishgani uchun taqsimotni rad etadi. Buni 
oldindan bilib A oʻyinchi rolidagi insonlar B oʻyinchiga 1$ dan koʻproq 
berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin 
A oʻyinchilar koʻproq oʻzlariga koʻproq qismni olib qolib, B oʻyinchiga 
30$ yoki 40$ mablagʻlar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B oʻyinchi bu 
taqsimotga rozi boʻlishadi. 
Bu yerda nima yuz berayapti? Buning tabiiy izohi shuki insonlarni 
adolatlilikning ba’zi tugʻma tuygʻulari boshqaradi. 99-1 taqsimoti 
koʻpchilik odamlar uchun juda nohaqlikdek tuyiladi va buni rad etishadi, 
xatto oʻzlarining zarariga ishlasa ham. 70-30 taqsimoti ham hanuz 
adolatsizlikdek, lekin bu unchalik adolatsizlik emas va bu ularning 
normal shaxsiy manfaatlarini toʻxtatishga majburlaydi. 
Xoʻjalik 
va 
firmalar tabiatidagi 
bizning har 
tomonlama 
izlanishimizda adolatlilik tugʻma tuygʻusi hech qanday rol oʻynamaydi. 
Lekin ultimatum oʻyini natijalari balkim shunday boʻlishi kerakligini 
taklif qiladi. Masalan, 18-19 boblarda biz qanday qilib ish haqi ishchi 
kuchi talabi va taklifi orqali belgilanishini koʻrib chiqdik. Ba’zi 
iqtisodchilar firmalar ishchilariga pul toʻlash adolatliligini rasmda ham 
kiritilishini taqdim etishgan. Shu sababli firmalarda yil juda foydali 
boʻlganida, (B oʻyinchi kabi) ishchilar mukofot pullarini kutishlari 
mumkin. Xattoki standart muvozanat buni koʻrsatmasa ham. (A oʻyinchi 
kabi) firmalar adolatlilik uchun ishchilariga oʻrnatilgan muvozanat 
maoshdan koʻproq berishlari haqida qaror qilishi mumkin. Ishchilar 
firmalarni ishlashni sekinlashtirish, ish tashlash yoki vandalism bilan 
jazolashga harakat qiladi. 
 


175 
Zamonga mos boʻlmagan insonlar 
Bir 
nechta 
zerikarli 
vazifalarni 
masalan, 
kirlaringizni 
yuvayotganingizni, mashina yoʻlidagi qorni kurashni yoki daromad 
soligʻi anketasini toʻldirishni koʻz oldingizga keltiring. Quyidagi 
savollarni koʻrib chiqamiz. 
1. Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) 
tanlaysizmi yoki vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) 
tanlaysizmi? 
2. Siz bu vazifani 90 kunda 50 daqiqa sarflab bajarishni (A) 
tanlaysizmi yoki 91 kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi? 
Koʻpchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun B 
javobni, 2-savol uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar 
kelajakka nazar tashlasak, insonlar zerikarli vazifani bajarishga 
ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1-savol kabi mashqni zudlik 
bilan qilishga toʻgʻri kelsa, ular buni orqaga surishni tanlashadi. Oʻylab 
koʻrsak, bu harakat ajablanarli emas. Har kim vaqtni orqaga suradi. 
Lekin ratsional inson nazariyasidan kelib chiqsak, quyidagi jumboqni 
yuzaga keltiradi va oʻylantirib qoʻyadi: masalan, 1-savolga bir inson 90 
kun ichida 50 minut sarflashni tanladi desak, keyin 90-kun kelsa va unga 
oʻz fikrini oʻzgartirishga imkon bersak. Natijada u 1-savol bilan 
toʻqnashadi va u vazifani keyingi kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin 
nega vaqtning arzimagan oʻzgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti? 
Hayotining koʻp qismida odamlar oʻzlari uchun rejalar tuzishadi, 
lekin keyin unga mos ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. 
Sigareta chekuvchilar oʻzlariga chekishni tashahni va’da berishadi, lekin 
oʻzlarining oxirgi sigaretasini chakayotgan soʻnggi damlarda u yana 
chakishni xohlaydi va va’dasini buzadi. Ortiqcha vazndan qutilmoqchi 
boʻlgan insonlar boshqa desert yemaslikka va’da berishadi lekin ofitsant 
desert aravachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. Ikkala 


176 
holatda ham bir zumlik rohat boʻlgan istak oldingi qarorlarni unitishga 
sabab boʻladi.
Ba’zi iqtisodchilar iste’molni tejashni odamlarning davr bilan 
hamnafas emasliklarini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga 
ishonishadi. Jamgʻarish bu sigaretani yoki desertni tashlashga oʻxshaydi 
va uzoq kelajak mukofoti uchun hozirda qurbonlik qilish va koʻpchilik 
chiquvchilar kabi chekishni tashlashni xohlashadi va koʻpchilik 
ortiqcha vazn egalari kamroq ovqatlanishga harakat qilishadi, koʻpchilik 
xaridorlar foydasini koʻproq qismini tejashga harakat qilishadi. Bir 
tekshiruvga koʻra, 76% amerikaliklar nafaqa uchun yetarlicha pul 
jamgʻarmaganini aytishgan. 
Sigareta chekuvchi sigaretani uloqtirib yuborish orqali chekishni 
tashlashi mumkin va diyetadagi inson muzlatkichga qulf osib qoʻyishi 
mumkin. Judayam kam tejaydigan inson nima qilishi mumkin? U 
pullarini ishlatishdan avval ularni qulflashni yoʻlini topishi lozim. Ba’zi 
401(k) kabi pensiya schyotlarida aynan shunday qilinadi. Ishchi u hali 
koʻrmagan toʻlov qogʻozidan pul olishlariga rozi boʻlishi mumkin. 
Hisob raqamiga qoʻyilgan mablagʻdan nafaqaga chiqishdan avval 
faqatgina jarima toʻlab foydalanish mumkin. Balkim bu nafaqa hisob 
fondi mashhurligining bir sababidir. Ular odamlarni ularning ikkilamchi 
ehtiyojlaridan himoya qiladi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish