Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish 
Xabardor taraf oʻz ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati 
signal berish deyiladi. Xabari yoʻq boʻlgan taraf esa ma’lumotni bilish 
uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi. 
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilingan mashinani sotib 
olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib koʻrilishini 
soʻrashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi oʻz shaxsiy ma’lumoti, 
ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qoʻyadi. Xaridor 
narxni tushirishni soʻrashi yoki boshqa mashinani koʻrishni afzal deb 
bilishi mumkin. 
Tekhirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil 
sugʻurtasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotni koʻraylik. Tashkilot 
ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal 


162 
haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini oʻrnatishni xohlaydi. Lekin 
ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki 
tavakkal haydovchil ekanliklarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan 
olishmaydi. Haydovchining tarixi bu bir qancha ma’lumot (sugʻurta 
kompanialari undan foydalanishadi), lekin avariyalarning tasodifiy sodir 
boʻlishini hisobga olgan holda haydovchining tarixi kelajakdagi 
xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas. 
Sugʻurta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil 
sugʻurta shartlarini oʻrnatib, haydovchilarni oʻzini-ozi ajratishiga 
undashi mumkin. Birinchi sugʻurta shartlari yuqori badalli boʻladi lekin 
u avariyadan koʻrilgan zararni toʻliq qoplab beradi. Boshqa sugʻurta 
shartlari esa past narxdagi badalga ega boʻladi, lekin misol uchun $1000 
franshizaga ega boʻladi (bu degani haydovchi zararning birinchi $1000 
ni toʻlashi kerak boʻladi, tashkilot esa qolgan zararni toʻlab beradi). 
E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha 
tashvish boʻladi, chunki ularni avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq. 
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor biroq past narxdagi 
badali boʻlgan sugʻurta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza boʻlmagan 
lekin yuqori narxdagi badali boʻlgan sugʻurta tavakkal haydovchilarni 
qiziqtiradi. Bu ikki sugʻurta shartlarini koʻrib chiqib ikki toifadagi 
haydovchilar oʻzlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib 
oshkor etadilar. 
 
Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat 
Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini koʻrib chiqdik: axloqiy xavf 
va zararli tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish 
muammolarida qay tarzda oʻzini tutushini koʻrib chiqdik. Endi, 
assimetrik ma’lumotni oʻrganish bizga ijtimoiy siyosatni olib borishda 
qanday yordam berishini koʻrib chiqaylik. 


163 
Bozorning yutuq sari borishi va muvaffaqiyatsizlikka erishishi 
orasidagi keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7-
boʻlimda aytib oʻtilganidek, talab va taklifning tenglik nuqtasi 
samaradorligi uning jamiyat olishi mumkin boʻlgan bozordagi jami 
ortiqlikni (taklifning talabdan ortishi) koʻpaytirib beradi. Adam 
Smitning koʻrinmas qoʻli toʻliq oʻz ishini qilayotganday koʻrinadi. Bu 
xulosa, tashqi ta’sir (10 boʻlim) ijtimoiy xomashyolar (11 boʻlim), 
nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 boʻlimlar) va qashshoqlik 
(20 boʻlim) kabi vaziyatlarning taʼsirini oʻrganib chiqilganidan soʻng 
yoʻqqa chiqarildi. Bu kabi hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning 
ahvolini yaxshilay olishini koʻrsatadi. 
Assimetrik ma’lumotni oʻrganib chiqish, bizga bozordagi 
hodisalardan ogoh boʻlishga yangi sabab beradi. Baʼzi odamlarning 
boshqalarga nisbatan bozor haqida koʻproq bilishi, tovar aylanishini 
yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi boʻlgan haydalgan 
mashina sotuvchilari, xaridorlarning yomon mol olib qoʻyish 
qoʻrquvidan mashinasini sotishi qiyin boʻladi. Yoki, Sugʻurta 
kompaniyalarining qattiq kasal boʻlmaganlar va jiddiy kasalligi bor 
odamlar bilan birga ishlashi sababli, jiddiy kasal boʻlmagan odamlarga 
past narxdagi sogʻliq sugʻurtasini olish muammo boʻladi.
Ya’na, ba’zi vaziyatlarda assimetrik ma’lumot hukumatni 
aralashishiga ham olib keladi va 3 ta faktlar bu muammoni yanada 
chigallashtiradi. Birinchisi, yuqorida aytib oʻtilganiday shaxsiy 
sektorning assimetrik ma’lumotni oʻzining shaxsiy tekhirish va signal 
berish yoʻllari bilan hal etishi mumkin. Ikkinchisi, hukumat kamdan-
kam holatlarda shaxsiy guruhlardan koʻproq ma’lumotga ega boʻladi. 
Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo boʻlganida siyosatchilar 
natijaning noaniqligi sababli bozorni ahvolini yaxshilashda qiynalishadi. 
Uchinchidan esa, hukumatning oʻzi nomukammal institutdir, bu haqida 
esa kelgusi mavzularda aytib oʻtiladi. 


164 

Download 7,53 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish