157
avtomobillar sotiladi. Faraz qilaylik, mashinaning holati (sifati) oʻrtacha
holatdan yuqori boʻlsa yaxshi avtomobil, past boʻlsa - yomon avtomobil
(ushbu masalani 1970-yilda birinchi boʻlib amerikalik olim A.Akerlof
oʻrgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 doll. Agar bozorda
ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng boʻlsa,
avtomobilning oʻrtacha narxi 2000 doll. boʻladi.
Ushbu holatda yaxshi
avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga
teng.
Biroq sotuvchilar oʻzlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi,
xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni
2000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa
2000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx
ular kutgan narxdan ancha
yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot boʻlgan sharoitda avtomobil
bozoridagi narx avtomobil sifati toʻgʻrisida toʻliq axborotni bermaydi,
natijada bozordagi savdo-sotiqlarni noratsional boʻlishiga olib keladi.
Yaxshi avtomobil egalari oʻz avtomobillarini 2000 doll.da sotishdan voz
kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi.
Yomon
avtomobillar narxi yuqori boʻlgan uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday
holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadi.