144
3. “Narx-iste’mol” chizigʻi va normal va Gifen tovarlari uchun talab
chizigʻi.
4. Normal tovar uchun daromad samarasi
va almashtirish samarasi,
umumiy samara.
5. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad samarasi va almashtirish
samarasi.
6. Almashtirish samarasini va daromad samarasini amalda qoʻllash.
7. Past kategoriyali tovarlar.
8. Oʻrnini bosuvchi va toʻldiruvchi tovarlar.
145
IX BOB. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK
9.1.Tavakkalchilikni oʻlchash
Tavakkalchilikni oʻlchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan
bogʻliq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga
boʻladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin boʻlgan ehtimol va
statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb
tomonini
tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki oʻynaydigan olti qirrali
toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining
1/6 ga tengligi
misol boʻlishi mumkin.
Ikkinchi
turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yoʻli orqali
aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib
kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda,
ushbu faraz qilingan raqam
baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda,
ushbu voqeaning takrorlanishi toʻgʻrisida statistik ma’lumotlar yoʻq.
Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar
har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar koʻp
va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu
yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning oʻzini yoʻqligi ehtimolni
matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni
obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda
kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol boʻlib,
biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar
tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi.
Obyektiv ehtimol oʻrtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv
ehtimol olinishi mumkin boʻlgan natijalarning oʻzgaruvchanlik mezonini
aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun
146
biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini va
bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak boʻladi.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin boʻlgan
barcha natijalarning
oʻrtacha oʻlchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli
ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki oʻlchovi.
n
i
i
i
n
n
x
x
х
х
X
E
1
2
2
1
1
)
(
,
bu yerda
i
x
- mumkin boʻlgan natija;
i
- ushbu natijaning paydo boʻlish ehtimoli,
n
i
i
1
1
.
Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar
korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa,
har bir
aksiyaga 1000 soʻm olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir
aksiya uchun 100 soʻm olinadi. Korxona mahsulotining bozorda
muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng boʻlsa,
kutiladigan
dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
640
100
4
,
0
1000
6
,
0
)
(
X
E
soʻm/aksiya.
Chetlanish – bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija oʻrtasidagi
farq boʻlib, u tavakkalchilikdan (yoʻqotishdan) darak beradi. Ushbu farq
qancha katta boʻlsa yoʻqotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori
boʻladi.
Masalan, sizni ishga joylashishingiz uchun ikki variant mavjud.
Birinchisi, xususiy korxonada ishlash boʻlsa, ikkinchisi – davlat
korxonasida. Xususiy korxonada ishlasangiz daromadingiz, korxona
muvaffaqiyatli ishlasa bir oylik ish haqingiz 6000 soʻmni,
muvaffaqiyatsizroq ishlasa, aytaylik 3000 soʻmni tashkil qilsin.
Davlat
korxonasida ishlasangiz ish haqi 4510 soʻm, korxona toʻliq
ishlamaganda beriladigan ish haqi - 3510 soʻm. Xususiy korxonaning
muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik ehtimollari bir xil boʻlib, 0,5 ga,
davlat korxonasiniki mos ravishda 0,99 va 0,01 ga teng deylik. Quyidagi
jadvalda mumkin boʻlgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan.