115
Oltinchi chizma iste’molchining byudjet sigʻimi va befarqlik egri
chizigʻi variantlaridan uchtasi tasvirlangan. Iste’molchi yetishishi
mumkin boʻlgan eng befarqlik egri chizigʻi
variant bu chizmada uning
byudjet sigʻimiga tekkan nuqtadir (asimptota oʻqi). Byudjet sigʻimi va
befarqlik egri chizigʻi kesishgan nuqta optimal nuqta deyiladi.
Iste’molchi
A nuqtani afzal koʻrishi mumkin, ammo, byudjet taqchilligi
bois u nuqtaga “chiqa olmaydi”. Iste’molchi
B nuqtani ham tanlashi
mumkin, bu nuqtada befarqlik egri chizigʻi mavjud, lekin bu nuqta uni
qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zoʻr
kombinatsiyasi mavjud boʻlgan nuqta hisoblanadi.
Eslab qoling: optimal nuqtada befarqlik egri chizigʻi
va byudjet
sigʻimi teng boʻladi. Biz befarqlik egri chizigʻini urinma, byudjet
sigʻimini oʻzgarmas deb olamiz. Urinish nuqtasi Pepsi va pitsa oʻrtasida
ham byudjet tomonidan, ham qoniqish tomonidan
eng befarqlik egri
chizigʻi. Xullas,
iste’molchi ikki xil tovarni tanlaydi, shuning uchun
befarqlik egri chizigʻi nisbiy qiymatga ega boʻladi.
Yettinchi
boʻlimda
biz
bozor
narxlari
iste’molchining
mahsulotlariga munosabatini koʻrib oʻtgan edik. Iste’molchi
tanlovini
tekshirish ba’zi xulosalarning aslida boshqachaligini koʻrsatmoqda.
Tanlovni amalga oshirishda iste’molchi narxlarni koʻrib chiqadi songra,
befarqlik egri chizigʻi bilan nisbiy narx toʻgʻri keladigan optimal
variantni tanlaydi. Nisbiy narx bu bozor sotishiga, iste’molchi esa xarid
qilishiga mos boʻlgan narx hisoblanadi. Iste’molchining byudjeti
optimal qiymatida bozorning narx taklifi va iste’molchi sigʻimi teng
boʻladi. Iste’molchi byudjet optimali tufayli bozor narxlari iste’molchi
xarid qila olishi mumkin boʻlgan tovarlar sonini cheklaydi.