• Iste’molchi daromadining ortishi
  • Iste’molchi daromadining oʻzgarishi uning tanloviga qanday




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    Iste’molchi daromadining oʻzgarishi uning tanloviga qanday 
    ta’sir koʻrsatadi? 
    Yuqorida biz iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga oshirishi 
    haqida gaplashdik, keling endi ushbu tanlovga uning oylik kirimi qanday 


    116 
    ta’sir koʻrsatishini muhokama qilamiz. Aniqlikka erishish uchun, 
    tasavvur qiling, iste’molchi kirimi oʻsib bormoqda. Yirikroq daromad 
    evaziga, iste’molchi ikkala tovar (Pepsi va pitsa)dan koʻproq xarid qila 
    oladi. Kirimdagi oʻsish 7-chizmada koʻrsatilgandek, tashqi tomondan 
    byudjet sigʻimini siljitadi. 
    Ikki tovarning nisbiy narxi hali oʻzgarmaganligi sababli, yangi 
    byudjet sigʻimi birinchisidek xaliyam oʻzgarmagan. Bu yerda kirimning 
    ortishi byudjet sigʻimining parallel koʻchishiga olib keladi.
    Kengaygan byudjet sigʻimi iste’molchiga koʻproq Pepsi va pitsa 
    xaridiga imkon beradi, ya’ni bu yirikroq befarqlik egri chizigʻi degani. 
    Byudjet holati va iste’molchining befarqlik egri chizigʻi orasidan eng 
    ma’qul deb topgani uning optimal tanlovini “ilk optimal”dan “yangi 
    optimal”ga siljitadi.
    Eslab qoling, 7-chizmada iste’molchi oʻzi uchun koʻproq Pepsi va 
    pitsa tanlaydi. Kirimning koʻpayishiga iste’molning ortishi mantiqiy 
    javob boʻla olmasada, bu vaziyatda eng mos holat koʻproq pitsa va Pepsi 
    deb baholanadi.
    Iste’molchi daromadining 
    ortishi 
    Iste’molchilarning 
    daromadi 
    ortganda 
    byudjet 
    chegarasi 
    oldinga siljiydi. Agar ikkala 
    tovar ham normal boʻlsa 
    iste’molchi bunga javoban
    ularning har birini sotib olish 
    hajmini 
    oshiradi. 
    Ushbu 
    cxizmada xaridor koʻproq pitsa 
    va pepsi sotib oladi. 


    117 
    Toʻrtinchi boʻlimga murojaat qilsangiz, iqtisodchilarning daromad 
    oshganda iste’molning ham ortishi holatiga normal tovar deb baho 
    berishlarini koʻrishingiz mumkin. 7-chizmadagi befarqlik egri chizigʻi 
    sifatidagi Pepsi va pitsa taxminan normal tovarlardir.
    8-chizmada iste’molchining mablagʻi oshganda koʻproq pitsa 
    hamda kamroq Pepsi xarid qilishini koʻrishimiz mumkin. Agar 
    iste’molchi byudjeti ortganda bir tovarni boshqalariga nisbatan koʻproq 
    xarid qilsa, bu mahsulot turi iqtisodchilar tomonidan past darajadagi 
    tovar deb qaraladi. 8-chizma pitsaning normal tovar va Pepsining past 
    darajadagi Tovar ekanligi ehtimoli ostida chizilgan.
    Dunyodagi koʻpgina tovarlar normal tovarlar boʻlishiga qaramay, 
    ba’zi bir past darajadagi tovarlar ham mavjud. Masalan velosipedlar. 
    Kirim oshsa, kishida avtobus yoki taksida yurish, yoinki, shaxsiy 
    avtomobil xarid qilish xohishi paydo boʻladi. Avtobusda yurish ham past 
    darajadagi “tovar” hisoblanadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iste’molchi daromadining oʻzgarishi uning tanloviga qanday

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish