89
tushish shunchalik
kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha
tekis boʻladi. Bu talab har xil koʻrinishga ega boʻlishiga qaramay biz
qilgan xulosa hali ham bir xil.
Isteʼmolchi ortiqchaligi narxdan balandda va talab egri chizigʻidan
pastda boʻladi. (a) chizmadagi P
1
narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC
burchagida aks etgan. (b) chizmada koʻrsatilganidek narxni P
1
dan P
2
ga
tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng.
Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish past narxda BCFD maydonga toʻgʻri
keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu oʻsish ikki qismdan iborat.
Birinchidan, Q
1
da
yuqori P
1
narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar
turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx toʻlashadi.
Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshishi ular toʻlayotgan
narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng.
Ikkinchidan, past
narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo boʻladi.
Natijada bozordagi talab miqdori Q
1
dan Q
2
ga oʻsadi. Yangi xaridorlar
oladigan iste’molchi ortiqchaligi CEF maydonida yotadi.
Iste’molchi ortiqchaligi nimani oʻlchaydi?
Iste’molchi ortiqchaligi tushunchasini
rivojlantirishdan maqsad
bozor talabgorlari haqida toʻgʻri xulosaga kelishdan iborat. Hozirda siz
iste’molchi ortiqchaligi nimaligini tushundingiz va uni biz
farovonlikning yaxshi oʻlchovi sifatida qabul qilamiz. Tasavvur qilingki,
siz yaxshi iqtisodiy tizimni yaratayotgan siyosatchisiz. Iste’molchi
ortiqchaligiga ahamiyat berarmidingiz? Iste’molchi ortiqchaligi bu
xaridorlar tovar uchun toʻlashni xohlagan
miqdordan ularning tovar
uchun toʻlaydigan haqiqiy narxning ayirmasi xaridorlarning oʻzlari
qabul qilgan tovardan olgan foydani oʻlchaydi.
Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohotchilar xaridorning foydasini
hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi oʻlchovi boʻladi.
Ba’zi
hollarda
islohotchilar
iste’molchi
ortiqchaligi
haqida
90
oʻylamasliklari mumkin, chunki ular
xaridorlarni sotib olishga
undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.
Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx
toʻlashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx toʻlaganliklari
uchun foyda koʻrishmaydi. Jamiyat nuqtayi nazaridan bu holatdagi
toʻlash istagi xaridorlar foydasining yaxshi oʻlchovi emas va iste’molchi
ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning oʻlchovi emas, chunki giyohvandlar
oʻz farovonliklari haqida qaygʻurishmaydi.
Koʻp bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi
iqtisodiy farovonlikni
ifodalamaydi. Iqtisodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda
qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar oʻz maqsadlariga erishish uchun
qoʻllaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqtisodchilar yana odamlarning
xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi.
Bu holatda sotib
olayotgan tovardan qanchalik foyda koʻrishayotganini koʻrsatuvchi eng
yaxshi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar.